Jahon | 23:06 / 02.04.2017
6002
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniyada Gibraltar o‘z aholisi istagiga qarshi Ispaniyaniki bo‘lmasligi aytildi

Buyuk Britaniyaga qarashli Gibraltar o‘z aholisining istagiga qarshi hech qachon Ispaniyaning bir qismi bo‘lmaydi. Bu haqda Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning rasmiy vakili ma'lum qildi.  

"Bosh vazir Gibraltar erkin va demokratik yo‘l bilan ifodalangan istakka qarshi boshqa davlat boshqaruviga o‘tishi holatida munosabatlarni tartibga solishga hech qachon bormaymiz, deb aytdi. Shuningdek, biz Gibraltar roziligisiz hech qachon davlat suvereniteti haqidagi muzokaralar jarayonini boshlamaymiz", deb aytgan vakil.    

Mey vakilining aytishicha, Mey "Buyuk Britaniya anchadan beri Gibraltarga, uning xalqi va iqtisodiyotiga ko‘rsatilayotgan ko‘makni davom ettirishi haqidagi avval aytilgan fikrni qaytarib o‘tgan".    

Mey bu haqda Gibraltar bosh vaziri Fabian Pikardo bilan uchrashuvdan keyin aytgan.

Gibraltar Buyuk Britaniyaning dengiz ortidagi hududi bo‘lib, Ispaniya uning bir qismiga egalik qilish bo‘yicha bahslashib keladi.

Mavzuga oid