Buyuk Britaniya Rossiyaga qarşi sanksiyalar röyxatini yangilab, unga Özbekistonning törtta va Qirğizistonning bitta kompaniyasini kiritdi. Uşbu biznes sub’yektlari Rossiya bilan «iqtisodiy hamkorlikda» gumon qilinmoqda, şu munosabat bilan London 18 dekabrdan boşlab aktivlarni muzlatişdan taşqari ularga qarşi moliyaviy çeklovlar joriy qilmoqda, deyiladi Britaniya Ğaznaçiligi hujjatlarida (.pdf).

Özbekistonda röyxatdan ötgan kompaniyalar orasida quyidagilar sanksiyalar röyxatiga kiritilgan:

- Farğona kimyo zavodi;

- Gelion Business Trade MÇJ (Toşkent);

- Chemistry International MÇJ QK (Navoiy);

- Raw Materials Cellulose MÇJ (Jizzax).

Britaniya rasmiylariga köra, bu kompaniyalarning barçasi Ukraina hududidagi uruşda qandaydir tarzda foydalanilayotgan tovarlar yoki texnologiyalarni Rossiyaga yetkazib berganlikda gumon qilinmoqda. Boşqa tafsilotlar keltirilmagan.

Yangilangan röyxatda Bişkekda röyxatdan ötgan «Kifiko» kompaniyasi ham bor. London uşbu kompaniyani moliya sektorida biznes yuritiş orqali Rossiya hukumatini qöllab-quvvatlaşda ayblagan.

Bundan taşqari, ayrim şaxslarga nisbatan sanksiyalar joriy etildi. Uşbu röyxatda Britaniya Ğaznaçiligi ma’lumotlariga köra, uç davlat: Özbekiston, Isroil va Rossiya fuqaroligiga ega bölgan tadbirkor Rustam Möminov ham bor. Avvalroq Ukraina bu tadbirkorga nisbatan çeklovlar joriy qilgandi. Aniqlik kiritilişiça, Möminov Farğona kimyo zavodiga egalik qiluvçi kompaniya ta’sisçisi hisoblanadi.