22 yoşli şvetsiyalik ekofaol Greta Tunberg 23 dekabr, seşanba kuni London markazida qölga olindi. Bu Falastinni qöllab-quvvatlaş aksiyasi çoğida sodir böldi: bir qator faollar Palestine Action taşkilotining avval ötkazilgan bir qator namoyişlari bilan boğliq ayblovlar asosida hibsda saqlanayotgan edi.

“Falastin uçun qamalganlar” guruhi Buyuk Britaniya poytaxtidagi namoyiş davomida Tunberg oçlik e’lon qilganlarni qöllab-quvvatlaş ifodalangan plakatni kötarib turgan videoni tarqatdi. Plakatda şunday yozuv bölgan: “Men Palestine Action’ning qamalganlarini qöllab-quvvatlayman. Men genotsidga qarşiman”.

“Bugun ertalab soat 7 lar atrofida Fençerç-stritdagi binoga bolğalar va qizil böyoq yordamida şikast yetkazildi. Erkak va ayol qasddan mulkka zarar yetkaziş gumoni bilan hibsga olindi. Ular özlarini binoga yopiştirib qöygan, mutaxassislar ularni ajratib, politsiyaga olib boriş ustida işlayapti. Birozdan söng voqea joyiga 22 yoşli ayol keldi. U taqiqlangan taşkilotni (Palestine Action) qöllab-quvvatlovçi predmetni namoyiş etgani uçun qölga olindi”.

Britaniya politsiyasi, odatda, ayblov rasman qöyilmagunça gumonlanuvçilarning ism-şarifini oşkor qilmaydi. Keyinroq Greta Tunbergning qölga olinganini Britaniyadagi Defend Our Juries huquqni himoya qiliş taşkiloti ham tasdiqladi, deb xabar beradi Reuters.

Qayd etilişiça, “Falastin uçun qamalganlar” guruhi avvalroq aksiya obekti sifatida Londondagi bir kompaniyani tanlaganini bildirgan — ularning iddaosiga köra, u kompaniya Isroil bilan boğliq mudofaa firmasi Elbit Systems’ga xizmat körsatadi.

Associated Press (AP) aniqlaştirişiça, Buyuk Britaniyada taqiqlangan Palestine Action taşkilotining 8 a’zosi sudni kutayotgan paytda garov bilan çiqariş huquqisiz hibsda saqlanayotganiga qarşi norozilik sifatida oçlik e’lon qilgan. Ilk ikki mahbus oçlikni 52 kundan beri davom ettirmoqda va “ölim real ehtimolga aylangan tanqidiy holat”da ekani “Falastin uçun qamalganlar” guruhi bayonotida aytilgan.

Britaniya hukumati hozirça sud jarayoniga aralaşişdan boş tortib, garov masalasi va hibsda saqlaş tartibi sudlar tomonidan hal qilinişi kerakligini bildirmoqda.

2024 yil fevralda Londonda sud Greta Tunbergni oqlagan edi: unga neft-gaz sanoatiga oid yirik konferensiyaga kirişni tösib qöygan norozilik aksiyasi vaqtida politsiyaning “joyni tark etiş” buyruğiga böysunmagani uçun iş oçilgandi. Tunberg Şvetsiya va Buyuk Britaniyada turli namoyişlar bilan boğliq fuqaroviy böysunmaslik harakatlari sabab bir neça bor jarimaga tortilgan.