Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda 43 ta echkiemarni o‘ldirib, terisini shilgan brakoner qo‘lga olindi
Shuningdek, uning uyida tutqunlikda saqlanayotgan 20 ta echkiemar tabiatga qo‘yib yuborildi.
Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi
Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi hamda Kasbi tumani IIB xodimlari hamkorligida 14 iyun kuni nazorat tadbiri o‘tkazildi.
Unda «Kasbi» mahallasida yashovchi M.I. yashash xonadonida O‘zbekiston Qizil kitobi hamda CITES Konvensiyasiga kiritilgan bo‘z echkiemarlarni tutqunlikda saqlab, «vahshiylarcha nobud qilayotgani» aniqlandi. Jumladan, 20 ta echkiemar tutqunlikda saqlangan, 43 tasi o‘ldirilib, terisi shilingan.
Holat bo‘yicha «Ekologik nazorat to‘g‘risida»gi qonun, «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonun, «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunning tegishli moddalari, shuningdek, Jinoyat kodeksining 202-moddasi bo‘yicha ish ochilgan.
Huquqbuzarga hayvonot dunyosiga yetkazilgan jami 311,8 mln so‘m zarar hisoblanib, hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilgan.


Tirik qolgan 20 ta bo‘z echkiemar o‘zining yashash muhiti bo‘lgan Muborak tumanidagi cho‘l hududlariga qo‘yib yuborildi.
Mavzuga oid
15:11 / 26.03.2025
Toshkentga 6 mingga yaqin chiqindi qutilari yetishmaydi - Ekologiya boshqarmasi
10:01 / 17.03.2025
2024 yil xalqaro reytingda Toshkent havo iflosligi bo‘yicha 19-o‘rinni egalladi
10:04 / 16.03.2025
Toshkentda mingdan ortiq qush va cho‘l toshbaqalari noqonuniy sotilayotgani aniqlandi
21:27 / 12.03.2025