15 mart kuni Toşkent şahri Olmazor tumanidagi quş bozorida 1000 dan ortiq quş va çöl toşbaqalari noqonuniy sotilişining oldi olindi, deya xabar bermoqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi.
Qayd etilişiça, tabiatdan noqonuniy ravişda tutilgan yovvoyi quşlar va hayvonlarning noqonuniy sotilişi holatlarini örganiş maqsadida Toşkent şahri prokuraturasi, IIB, Milliy gvardiya va Ekologiya boşqarmasi qöşma nazorat tadbiri ötkazgan.


Unda 1168 dona, xususan, 935 dona çumçuqsimonlar oilasiga, 33 dona maynasimonlar oilasiga, 200 dona törğaysimonlar oilasiga va 3 dona qirğiysimonlar oilasiga mansub quş, şuningdek, 35 dona çöl toşbaqasi noqonuniy sotilayotgani aniqlangan.
Quşlar bozordagi sotuvçilardan daliliy aşyo sifatida olib qöyilgan va özlari uçun yaşaşga qulay muhitga qöyib yuborilgan.
Çöl toşbaqalari vaqtinça Toşkent hayvonot boğiga, 3 dona qirğiysimonlar oilasiga mansub quş esa vaqtinça Yovvoyi quşlarni himoya qiliş jamiyatiga topşirilgan.


Ular tibbiy nazorat va parvarişdan söng tabiatga qöyib yuboriladi, deyiladi xabarda.












