O‘zbekiston | 10:01 / 17.03.2025
1342
4 daqiqa o‘qiladi

2024 yil xalqaro reytingda Toshkent havo iflosligi bo‘yicha 19-o‘rinni egalladi

O‘tgan yil davomida Toshkentda PM2,5 o‘rtacha 31,4 ni tashkil qilgan va iflos havoli hududlar reytingida 19-o‘rinni qayd etgan. O‘zbekiston 2023 yil reytingda 23-o‘rinni egallagandi.

Foto: Kun.uz

2024 yilgi xalqaro havo sifati hisoboti e’lon qilindi. Yillik hisobda eng ifloslanish yuqori hudud Afrikaning Chad davlati bo‘lgan, keyingi o‘rinlarni Bangladesh va Pokiston egallagan. Hududlarda PM2,5 mos ravishda 91,8, 78,0 va 73,7 mkg/m3ni tashkil qilgan. O‘zbekiston reytingda 19-o‘rinda turibdi, ifloslanish ko‘rsatkichi –31,4 mkg/m3. O‘zbekiston 2023 yilda reytingda 23-o‘rinni qayd etilgandi.

Markaziy Osiyo davlatlari orasida Tojikiston 6-o‘rinda 46,3 mkg/m3, 26-o‘rinda Turkmaniston – 26,5 41 mkg/m3, Qirg‘iziston – 21,1 mkg/m3 va 71 o‘rinda Qozog‘iston – 15,1 mkg/m3 ni qayd etgan.

Dunyo bo‘ylab faqat 12 davlat JSST tavsiya qilgan PM2,5 me’yoridan past ko‘rsatkichni ko‘rsatgan. Bular Lotin Amerikasi, Karib va Okeaniya hududlari.

Afrika, Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari dunyodagi eng iflos havoli hududlardan biri sanalgan. Afrikada havoni monitoring qilish uskunlari ko‘payayotganiga qaramasdan, ma’lumotlarni davomiy, uzmasdan olib turish imkonsizligicha qolmoqda. G‘arbiy Osiyo davlatlarida ham ko‘proq yangi monitoring uskunalariga ehtiyoj bor. Ma’lumotlar yetishmasligi bilan bog‘liq asosiy bo‘shliqlar Afg‘oniston, Eron va Ummonda kuzatilyapti.

Hisobot PM2,5 konsentratsiyasi bo‘yicha 138 mamlakatning 8954 ta shahri va hududlaridan yig‘ilgan ma’lumotlarga tayangan. 2023 yildagidan farqli ravishda 2024 yilgi reytingga 10 yangi mamlakat va hudud qo‘shilgan. Ma’lumotlar 40 mingdan ortiq doimiy havo monitoring stansiyalari va past narxli sensorlardan to‘plangan. PM2,5 konsentratsiyasi JSST tavsiya qilgan yillik PM2,5 me’yori – 5 mkg/m3 ga tayanib hisoblangan. Hisobot IQAir platformasining real vaqtdagi onlayn monitoring ma’lumotlarini o‘z ichiga oladi.

Hisobotga ko‘ra, dunyoning 99 foiz aholisi JSST tasviya qilgan havo sifatiga mos hududlarda yashamaydi. Havo ifloslanishiga o‘limlar uchun 2-yirik sabab sifatida qaraladi. Shuningdek, u 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi uchun ham 2-asosiy xavf. 2021 yilning o‘zida 8,1 million o‘limga havo ifloslanishi va uning 58 foiziga PM2,5 zaharli zarrachasi sabab bo‘lgan. BMT toza havodan nafas olish umumjahon inson huquqi deb e’lon qilgan.

Tahlilda, PM2,5 ning oshib ketishi astma, saraton, yurak xuruji va o‘pka kasalliklariga sabab bo‘lishi ta’kidlangan. PM2,5 me’yordan oshgan havodan nafas olish homiladorlikning salbiy oqibatlar bilan kechishi va bolaning dastlabki yoshlarida yurak kasalliklari, egzema va allergik kasallik, aqliy buzilishlar va psixologik muammolariga sabab bo‘lishi mumkin.

Oldinroq, 2023 yilda poytaxtliklar 65 kun nosog‘lom va zararli havodan nafas olgani haqida ma’lumot berilgan edi. 2024 yil uchun tahlillar hali e’lon qilingani yo‘q.

Shuningdek, Toshkentda isitishda ko‘mir va mazutga o‘tilib, havo sifati buzilishi boshlagandan beri yosh bolalarning respirator kasalliklarni yuqtirishi oshgani haqida taxminlar ham bor. Rasmiy tashkilotlar bu haqda ma’lumot bergani yo‘q.

Yaqinda lor shifokori Bobur Zulunov havo ifloslanishi boshlanganidan beri yosh bolalardan allergik renit ko‘payganini kuzatgani haqida ma’lum qilgandi. “Bu yosh bolalarda ham kuzatildi. Oldinlari bu yoshi kattalarda ko‘p uchrar edi. Bunday holatlarda bemorlar o‘zlarida qanday moddalarga allergiya borligini testlar topshirib bilib olishlari kerak”, – degandi mutaxasis.

Aholini eng muhim chora – ko‘chaga niqob taqib chiqish kerakligi haqida rasmiy ogohlantirishlar esa hali berilgani yo‘q.

Mavzuga oid

E`lonlar