Prezident murojaatnomasida tibbiyot xodimlariga zo‘ravonlik holatlarini qoraladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatnomasida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan, shifokorlarga nisbatan bo‘layotgan zo‘ravonlik holatlariga e'tibor qaratdi.
«Shifokorlarimizning jamiyatimizdagi o‘rni va maqomini kuchaytirish, xuddi o‘qituvchilarniki kabi tibbiyot xodimlarining ham obro‘sini ko‘tarishimiz, ularga munosabatni o‘zgartirishimiz kerak.
Ijtimoiy tarmoqlarda ularga nisbatan bo‘layotgan zo‘ravonliklarni ko‘rib qolamiz. Bu bizning mentalitetimizga umuman to‘g‘ri kelmaydigan holat, buni hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi.
Shuning uchun shifokorlarning maqomini, obro‘sini oshirimiz shart. Xuddi o‘qituvchilarga qilganimiz kabi shifokorlarga ham munosib mehnat sharoiti yaratish uchun amaliy ishlar qilishimiz lozim», deb ta'kidladi prezident.
Ma'lumot uchun, so‘nggi bir oy ichida Sirdaryoda tez tibbiy xizmat xodimiga tajovuz qilindi, Namanganda bemor qarindoshining tajovuzi oqibatida shifokor ko‘rish qobiliyatini to‘liq yo‘qotdi, Surxondaryoda esa hamshira bemorning buvisi tomonidan kaltaklandi.
Mavzuga oid
15:56 / 08.10.2024
Tug‘uruqxonalardagi o‘limni qanday kamaytirish mumkin? – Saudiyada ishlayotgan o‘zbek shifokori bilan suhbat
17:35 / 03.10.2024
Sirdaryoda nogiron bolaning onasidan tibbiy xulosa uchun pul olgan shifokorga hukm o‘qildi
11:50 / 17.09.2024
«Chegara bilmas shifokorlar» Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatganini e’lon qildi
12:19 / 10.09.2024