Sirdaryo viloyati Guliston şahrida tez tibbiy xizmat xodimiga tajovuz qilindi. Bu haqda Sirdaryo viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinişiça, 23 dekabr kuni soat 15:40da şoşilinç va tez tibbiy yordam xizmatiga qönğiroq bölib, yordam sörab murojaat qilingan. Çaqirilgan manzilga yetib kelgan tez yordam xodimlari soat 15:45da belgilangan tartibda bemor bolani közdan keçirgan. Biroq mast holda bölgan ota xizmat vazifasini bajarayotgan şifokor B.K.ni haqoratlab, unga tan jarohati yetkazgan.

«Şoşilinç va tez tibbiy yordam xizmati şifokorlariga bemorlar va ularning yaqinlari tomonidan ğayriqonuniy ravişda tajovuz va tahdid qiliş bilan boğliq xabarlar ijtimoiy tarmoqlar va internet saytlarining boş mavzusiga aylanib ulgurdi.

Bunday qonunbuzarliklarga yetarliça çora körilmayotgani, şifokorlarning huquqi himoya qilinmayotgani töğrisida jurnalistlar va blogerlar köplab maqolalar çop etgandi.

Misollarga murojaat etgudek bölsak, 2017-2019 yillar mobaynida birgina şoşilinç va tez tibbiy yordam tizimi şifokorlariga bemorlar va ularning yaqinlari tomonidan 266 marotaba zöravonlik qiliş, tan jarohati yetkaziş kabi noqonuniy harakatlar sodir etildi. 

Bundan 340 nafardan köproq tibbiyot xodimlari jabr kördi. Uşbu vaziyatda bor-yöği 40ta holatda huquq tartibot idoralari tomonidan jazo çorasi qöllanildi. 

109ta holatda esa yaraştiruv bilan iş tugallandi. 128ta holatda şifokorlarga tahdid qilgan şaxslarga nisbatan qonuniy jazo köriş masalasi hal etilmay qolib ketdi.

Biroq, huquq-tartibot organlari xodimlari bilan şunday holat röy bersa-çi, aybdor qonun oldida qat'iy javob beradi.

Vazifasini bajarib turgan tibbiyot xodimiga nisbatan qilingan şunday tajovuz, huquq tartibot idorasi xodimlariga qilingan tajovuzdan yengil hisoblanadi.

Misol uçun ijtimoiy tarmoqlarda xabar qilingan ma'lumotlar asosida aytadigan bölsak, yaqinda Buxoroda yöl patrul xizmati inspektorining kökrak nişoni, radioaloqa vositasi va jyezl tayoğini tortib olgan fuqaro 10 oyga qamaldi. 

Bundan bir muddat oldin Navoiyda tez tibbiy yordam şifokorini haqoratlab, tahqirlagan şaxsga Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan tegişli idoralarga murojaat qilingandan sönggina 15 sutka qamoq va ozgina jarima qöllanildi. Natijada javobgar osongina qutilib ketdi. Ana sizga jumboq.