Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada uchta katta shahar rahbarlari hibsga olindi
Ular amaldagi hokimiyatga muxolifatda bo‘lgan Respublika Xalq partiyasi vakillari hisoblanadi.
Foto: dunya.com
Turkiya politsiyasi uchta katta shahar – Adana, Antaliya va Adiyaman rahbarlarini hibsga oldi, deb xabar berdi NTV agentligi.
«5 iyul kuni Zeydan Qaralar (Adana), Muxittin Bochek (Antaliya) va Abdurahmon Tutdere (Adiyaman) hibsga olindi. Choralar Respublika Xalq partiyasi yetakchiligidagi ma’muriyatlarda firibgarlik holatlari yuzasidan olib borilgan tergov doirasida ko‘rildi», deb xabar beradi agentlik.
Respublika Xalq partiyasi (RXP) amaldagi prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga muxolifat hisoblanadi.
Ushbu hibslardan so‘ng, partiya rahbari O‘zg‘ur O‘zel siyosiy uyushma ijro qo‘mitasini favqulodda yig‘ilishini o‘tkazdi.
Mart oyida prezidentlik saylovida RXP nomzodi bo‘lishni rejalashtirgan va Erdo‘g‘anning asosiy siyosiy raqibi hisoblangan Istanbul hokimi Ekrem Imomo‘g‘li hibsga olingan edi.