O‘zbekiston | 06:50 / 23.01.2018
88740
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 4 balli yer silkinishi. Episentr poytaxtdan 31 km masofada

Bugun, 23 yanvar kuni soat Toshkent vaqti bilan 6:26da O‘zbekistonning sharqida zilzila qayd etildi.

Toshkent shahri aholisi 3,5-4 ball atrofidagi yer qimirlashi kuchini sezishgan.

«Toshkent» seysmostansiyasi «Kun.uz»ga tasdiqlashicha, 4 balli zilzila episentri Qozog‘iston janubida, Toshkentdan 18 kilometr masofadagi Sariog‘och tumani hududida joylashgan.

Yevropa—O‘rta yer dengizi seysmologiya markazi bu vaqtda O‘zbekiston sharqida zilzilani qayd etgan.

Zilzila episentri Sariog‘och shahridan 16 kilometr shimoli-sharqda, Toshkentdan 31 kilometr sharqda, 10 kilometr chuqurlikda bo‘lgani bildirilmoqda. Episentrda zilzila kuchi 4,6 ballni tashkil etgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid