Jahon | 00:41 / 06.12.2024
16349
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda 7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Yerosti silkinishlarining episentri Fortuna shahridan 56 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan. Kaliforniya shtatida sunami xavfidan ogohlantirish e’lon qilindi.

Foto: NTD

AQShning Kaliforniya shtati shimolida kuchli zilzila qayd etildi va hukumat sunami xavfidan ogohlantirish e’lon qildi, deb xabar beradi Associated Press.

Yevropa-O‘rta Er dengizi seysmologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, yerosti silkinishlarining episentri Fortuna shahridan 56 kilometr janubi-g‘arbda, 12 ming aholi istiqomat qiladigan hududda sodir bo‘lgan. Zilzila o‘chog‘i 14 kilometr chuqurlikda.

Yerosti silkinishlari San-Fransiskoda ham sezilgan. Asosiy zilziladan keyin bir nechta kichik aftershoklar kuzatilgan. San-Fransisko va Oklend o‘rtasidagi suvosti tunneli orqali harakat to‘xtatilgani aytilmoqda.

AQSh Geologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, magnitudasi 7 ballni tashkil etgan zilziladan keyin Kaliforniyada kamida 5,3 million kishi sunami xavfi ostida qolmoqda. Holat yuzasidan «sariq» darajali ogohlantirish e’lon qilingan.

Фозилбек Юсупов
Tayyorlagan Фозилбек Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid