Sport | 19:58 / 09.11.2016
3975
1 daqiqa o‘qiladi

"Paxtakor"ning U-9 jamoasi Rossiyada xalqaro turnirda sovrindor bo‘ldi

2007 yilda tavallud topgan yosh "Paxtakor" futbolchilari Rossiyada o‘tgan xalqaro turnirda sovrindorga aylanishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 

Musobaqada 10 jamoa 2 guruhga bo‘lingan holda bahslarni boshladi. "Paxtakor"chilar guruhda quyidagi natijalarni qayd etdi:

"Paxtakor" - "Chertanovo" Moskva - 0:5
"Paxtakor" - "Sormovo" Nijniy Novgorod - 2:1
"Paxtakor" - "Smena" Moskva - 3:2
"Paxtakor" - "Spetsifik" Moskva - 2:1

Guruhda 2-o‘rinni egallagan "Paxtakor" tarbiyalanuvchilari 3-o‘rin uchun bellashuvda Moskvaning "Spartak-2" tarbiyalanuvchilarini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi. Shu tariqa 2007 yilda tug‘ilgan yosh "Paxtakor" futbolchilari Ximkidagi musobaqada bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid