O‘zbekiston | 13:00 / 29.12.2020
6661
1 daqiqa o‘qiladi

15 yil davomida muqim yashagan, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga to‘g‘ridan to‘g‘ri O‘zbekiston fuqaroligini berish tartibi joriy qilinadi

Bundan buyon, mamlakatda 15 yil davomida muqim yashagan, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga to‘g‘ridan to‘g‘ri O‘zbekiston fuqaroligini berishning doimiy tartibi joriy qilinadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomada ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, o‘tgan yili 1995 yilgacha respublikaga ko‘chib kelganlarga O‘zbekiston fuqaroligini to‘g‘ridan to‘g‘ri berish tartibi belgilandi. Bu bilan 50 ming nafardan ortiq shaxslarga fuqarolik olish imkoniyati yaratildi.

“Kelgusi yilda bu ishlarni davom ettirib, 2005 yilgacha mamlakatimizga kelib, doimiy yashayotgan, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ham to‘g‘ridan to‘g‘ri O‘zbekiston fuqaroligini bersak, nima deysizlar?

Bu o‘zgarish bilan yurtimizda yashab kelayotgan yana 20 ming kishi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bundan buyon, yurtimizda 15 yil davomida muqim yashagan, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga to‘g‘ridan to‘g‘ri O‘zbekiston fuqaroligini berishning doimiy tartibi joriy qilinadi”, — dedi prezident.

Mavzuga oid