Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada Smart city barpo etiladi
Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Farg‘ona viloyatida investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish va sanoatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Farg‘ona viloyatida 2019-2020 yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati tasdiqlandi.
Ro‘yxatga ko‘ra, Bag‘dodda innovatsion kovorking markazi (GNT technology) tashkil etish mo‘ljallanmoqda. Ushbu loyihaga 400 ming dollar miqdorida xorijiy investitsiya jalb etiladi. Ishga tushirish muddati - 2020 yil 1 may.
Bundan tashqari, Rishton tumanida madaniy turizm kompleksi yaratiladi. Bunda turistlar uchun muzey, ovqatlanish joyi bo‘ladi. Amalga oshirish muddati - 2019 yil 1 sentabr.
So‘x tumanida esa farel balig‘ini yetishtirish rejalashtirilmoqda. Amalga oshirish muddati - 2019 yil 1 dekabr. Toshloq tumanida tuyachilikni rivojlantirishga oid loyiha amalga oshiriladi. Muddati - 2019 yil 1 oktabr.
O‘z navbatida, “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida Smart city barpo etish mo‘ljallanmoqda. Loyiha qiymati - 4 150 000 mln so‘m. Chxong-Xe kompaniyasi tashabbuskor bo‘lgan ushbu loyiha tumanlararo ahamiyatga ega. Loyihaga 500 ming dollar miqdorida xorijiy investitsiya jalb qilinadi. Amalga oshirish muddati - 2025 yil 1 dekabr.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalari bilan hamkorlikdagi loyihalar orasida New City Fergana turar joy kompleksini barpo etish bor. Loyiha tashabbuskori - Chung construction design group kompaniyasi. Qiymati - 1 245 000 mln so‘m, xorijiy investitsiyalar miqdori - 150 000 dollar. Amalga oshirish muddati - 2020 yil 1 dekabr.
Mavzuga oid
12:24
Farg‘onada Captiva dara yo‘lida ag‘darilib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
17:23 / 17.01.2026
Farg‘onada 3-, Samarqandda esa 4-sinf o‘quvchisi B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi
16:25 / 17.01.2026
Marg‘ilonda tergov boshlig‘i 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U aybsiz odamni qamatib berish uchun 18 ming dollar so‘ragan
19:50 / 12.01.2026