Oliy Majlis Qonunçilik palatasida sözga çiqqan boş vazir örinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vaziri Jamşid Qöçqorovning ma’lum qilişiça, hukumat budjet taqçilligi böyiça belgilangan 3 foizlik limitdan oşişini prognoz qilyapti.

Dunyo moliya bozorida qarz oliş qimmatlaşdi. Ya’ni Özbekiston qarz oluvçi yoki investitsiya jalb qiluvçi mamlakat hisoblanadi. Şu sababli ham qarz bozorlaridagi holat biz uçun juda muhim. Masalan, 2019 yilda birinçi marta yevrobondlarni çiqarganimizda foiz stavkalari 5 foizga yetmasdi. Agar hozir suveren bond çiqaradigan bölsak, bu 7 foizdan kam bölmaydi.

“Xalqaro maydondagi vaziyat bizga ham özining ta’sirini ötkazmasdan qolmayapti. Ikki davlat örtasidagi ziddiyat lokal darajadan global darajaga kötarildi. Energiya resurslari va oziq-ovqat mahsulotlarining narxi oşdi. Umuman olganda, hozirgi holat budjet parametrlariga ham özgartiriş kiritişni taqozo etyapti.

Keyingi haftaning boşida joriy yildagi “korrektirovka”lar böyiça oxirgi xulosaga kelamiz. Budjet taqçilligi darajasini oşiriş böyiça Oliy Majlisga iltimos bilan çiqamiz. Biz 3 foiz taqçillikka siğmayapmiz. Defitsit kamida yalpi içki mahsulotga nisbatan 4 foiz böladi”, dedi Qöçqorov.

Iqtisodçi Otabek Bakirovning e’tibor qaratişiça, budjet defitsiti çegarasining 4 foizgaça oşirilişi qöşimça 8-8,5 trln sömni taşkil etadi.

“E’tibor bering, budjet defitsitining oşişi YaIM möljallanganidan kamaygani yoki budjet daromadlari ta’minlanmayotgani uçun emas, xarajatlar oşayotgani uçun röy bermoqda.

Bu qanday xarajatlar böladi, ular endi amalga oşiriladimi yoki orqa sana bilan allaqaçon amalga oşirib bölinganmi?

Agar bu xarajatlar haddan ziyod muhim va ustuvor bölsa, nega qonunda belgilangani kabi boşqa xarajatlarni qisqartiriş evaziga qiliş mumkinmas?

Hukumat özini özi xarajatlardan çeklay olişi lozim, agar buning iloji bölmasa, normal parlament tasdiqlangan budjet böyiça yangi xarajatlar va defitsitning oşirilişiga yöq deya olişi zarur. Hukumatga yöq deya olişi kerak, normal parlament”, deya yozdi Bakirov.