Uchrashuvda Fransiya Iqtisodiyot va moliya vazirligi Iqtisodiy xizmati rahbari Yan Koshinskiy, Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Olive Grandvuen, O‘zbekiston qurilish va uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari Davron Odilov, UzAssets AJ boshqaruv raisi Bobur Abdunazarov va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.

Muzokaralarda quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:

  • sog‘liqni saqlashda DXSh: shifoxona va klinikalarda infratuzilmani yangilash, xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan loyihalar portfelini kengaytirish, tajriba almashuvi;
  • suv resurslari: ichimlik suvi ta’minotini modernizatsiya qilish, tarmoqlarni boshqarish samaradorligini oshirish va texnik yordam;
  • energetika: elektr ta’minoti bo‘yicha qo‘shma loyihalar, barqaror infratuzilma yechimlari;
  • transport va logistika: infratuzilmani rivojlantirish va hududlar o‘rtasidagi bog‘lanishni kuchaytirish.

Yakuniy qismida tomonlar iqtisodiy, ijtimoiy va texnologik sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, g‘oyalar almashinuvini faollashtirish hamda amaliyotga yo‘naltirilgan yangi tashabbuslar bilan mavjud aloqalarni boyitish bo‘yicha kelishib oldi.