“Agar tarixni kötarib körsangiz, bizda köp yillar davomida profitsit bölgan. U zörmidi, degan savolga şu sohada işlab kelayotgan odam sifatida yöq deb javob berişga majburman. Çunki öşa paytda profitsit bölganining sababi şuki, budjet taqçilligini moliyalaştirişga heç kim bizga kredit bermagan. Men buni rasmiy aytişim mumkin: heç kim. Çunki islohotlar yöq edi, söm erkin konvertatsiya qilinmasdi, soliq siyosati... Umuman, oxirgi 8 yilda nimalar qilingan bölsa, şular yöq edi. Şuning uçun ham heç kim bizga budjet taqçilligini moliyalaştirişga kredit bermasdi”, dedi vazir.
Qöçqorov deputatlarning “Taqçillik doimiy bölaverişi kerakmi?” degan savoliga quyidagiça javob berdi.
“Taqçillikning kattaligi yaxşi emas. Xalqaro valuta jamğarmasining fikri ham şunday. 3 foiz defitsit ham nazariya ham mamlakatlarning amaliyoti. Bu davlat qarzining mö’tadil oşişini ta’mirlaydi, şu bilan birga defolt, bankrot degan holatlarga kelişga yöl qöymaydi. Umuman olganda, taqçillik haqidagi berilgan savol juda ham örinli. Qaçonki mamlakatda iqtisodiy ösiş bölayotgan bölsa, taqçillik öz vazifasini bajaryapti deb hisoblaş mumkin. Taqçillik degani qöşimça pul olib iqtisodiyotni rağbatlantiriş. Qarz olsak-da, iqtisodiyot ösmasa, bu notöğri”, dedi boş vazir örinbosari.













