O‘zbekiston | 15:24 / 20.12.2023
51326
2 daqiqa o‘qiladi

2024 yilgi kirish imtihonlarida test sinovi olinadigan fanlar majmuasi tasdiqlandi

Keyingi yilgi kirish imtihonlarida OTM yo‘nalishlariga qaysi fanlardan imtihon olinishi belgilangan ro‘yxat e’lon qilindi. Avvalroq test tuziladigan darsliklar ham ma’lum qilingandi.

Foto: Kun.uz

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2024/2025 o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi e’lon qildi.

Abituriyentlar yo‘nalishlar bo‘yicha fanlar majmuasida ko‘rsatilgan 2 ta mutaxassislik fanidan tashqari majburiy fanlar: ona tili, matematika va O‘zbekiston tarixidan ham test topshiradi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yili qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari fan majmualari qo‘shimcha tasdiqlanadi.

Ta’lim yo‘nalishlarini optimallashtirish natijasiga ko‘ra yo‘nalishlar nomi o‘zgarganda, shuningdek, yangi yo‘nalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

Qonunchilikka ko‘ra, fanlar majmuasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi hamda imtihon sinovlari boshlanishidan kamida 6 oy oldin e’lon qilinishi kerak.

Avvalroq 2024/2025 o‘quv yili bakalavriat kirish imtihonlariga tayyorlanish uchun darsliklar ro‘yxati ham ma’lum qilingandi.

Mavzuga oid