Jahon | 12:47 / 27.03.2017
3030
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada ro‘y bergan qor ko‘chkisi sakkiz kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Foto: AFP

Yaponiyaning Totigi prefekturasida qor ko‘chkisi oqibatida halok bo‘lganlar soni sakkiz kishiga yetdi. Hodisa Tokiodan 120 kilometr shimolda ro‘y bergan, deb xabar bermoqda Kiodo agentligi.

Mahalliy politsiyaning xabar berishicha, qor uyumlari tagida sakkiz insonning jonsiz tanasi aniqlangan. 30dan ortiq kishi jarohat olgani aytilmoqda. Yaponiya hukumati jarohatlanganlarni qutqarish bo‘yicha komissiya tashkil etdi.

Mamlakat bosh vaziri Sindzo Abening parlamentda ma'lum qilishicha, hukumat “jabrlanganlarni qidirish hamda qutqarishni ustuvor vazifa deb biladi”.

Qor ko‘chkisi Nasu shahri yaqinidagi tog‘-chang‘i markazi yonida ertalabki vaqtlarda ro‘y berdi. O‘sha payt bu yerda taxminan 60 nafar yuqori sinf o‘quvchilari bo‘lgan.

Mavzuga oid