Ma’lum qilinişiça, mazkur uçastkada havo harorati +1 daraja, köriş masofasi 4000 metr, şamol kuzatilmayapti, namlik 67 foizni taşkil etmoqda.

Qor yoğişi davom etayotgani sababli dovonda avtotransport vositalarining töxtovsiz ikki tomonlama harakatlanişini ta’minlaş maqsadida «Qamçiqavtoyöl IYFK» DM tomonidan yöl qoplamasida sirpançiqlik yuzaga kelmasligi uçun maxsus texnika yordamida qum-tuz aralaşmasi sepiş işlari olib borilmoqda.

«Qamçiqavtoyöl IYFK» DM «Qamçiq» dovoni orqali harakatlanayotgan haydovçilarga ob-havo şaroitini inobatga olgan holda tezlikni me’yordan oşirmaslik, oraliq masofani saqlaş va barça xavfsizlik çoralariga amal qilişni tavsiya qildi.