“O‘zavtosanoat” Lacetti ishlab chiqarish davom etayotganiga izoh berdi
Lacetti uchun kerak bo‘ladigan ehtiyot qismlari hali ham zavodlarda mavjud, bu esa ishlab chiqarishni davom ettirishga imkoniyat beryapti, deya Kun.uz'ga ma’lum qildi “O‘zavtosanoat” axborot xizmati. Kompaniya vakili Lacetti ishlab chiqarish qachongacha davom etishini aniq ayta olmadi, lekin bu birdaniga to‘xtamasligini ta’kidladi.

Foto: Kun.uz
21 may kuni UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Lacetti avtomobili uchun 3200 dona shartnoma tuzilganini e’lon qildi. Statistika agentligiga ko‘ra, 2024 yilning dastlabki 4 oyi davomida 10 954 dona Lacetti ishlab chiqarilgan.
Avvalroq, kompaniya 2024 yildan bu rusumidagi avtomobil ishlab chiqarishni butunlay to‘xtatishini ma’lum qilgan, buni General Motors kompaniyasining global savdo siyosati bilan bog‘lagandi.
“O‘zavtosanoat” axborot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, Lacetti uchun kerak bo‘ladigan ehtiyot qismlari hali ham mavjud. Bu esa ishlab chiqarishni davom ettirishga imkoniyat beryapti.
“Lacetti ishlab chiqarish taxminan qachongacha davom etishini aniq ayta olmayman. Bu birdaniga to‘xtamaydi. Yaqin 7 kun ichida xaridorlarga yana shartnoma berilish-berilmasligi oydinlashadi”, – dedi kompaniya axborot xizmati rasmiysi.
Ma’lumot uchun, UzAuto Motors Lacetti ishlab chiqarishni 2003 yildan boshlagan. 2008 yildan bu modelni seriyali yig‘ish yo‘lga qo‘yilgan. 2013 yilda esa Lacetti-2 (hozirgi Gentra) ishlab chiqarilishi boshlangan, bir yil o‘tib birinchi avlod Lacetti konveyerdan olingan.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
Mavzuga oid

17:42 / 22.04.2025
Yunusobodda Lacetti yonib ketdi

22:03 / 17.03.2025
Toshkentda Lacetti kanalga tushib ketdi

19:53 / 12.03.2025
Toshkentda Lacetti daraxtga borib urildi

08:03 / 08.02.2025