Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi Yunusobod tumanida avtomobilda sodir bölgan yonğin töğrisida ma’lumot berdi.

Qayd etilişiça, 22 aprel kuni soat 15:01 da Yunusobod tumani Yangişahar köçasida avtomobil yonayotgani töğrisida poytaxt FVBga xabar kelib tuşgan.

Şunga köra, yonğin-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 15:06 da yetib borgan va yonğin soat 15:09 da öçirilgan.

Yonğin oqibatida halok bölgan va jabrlanganlar yöq.

«Hozirda yonğin sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda», — deyiladi xabarda.

Avvalroq Toşkentda erkak özaro kelişmovçilik ortidan tanişining Tesla’sini yoqib yuborgani töğrisida xabar berilgandi.