Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat xizmatlari uchun to‘lanadigan to‘lovlar butkul shaffof bo‘lishi ma'lum qilindi
Endilikda davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatilgan har bir xizmat uchun qancha to‘lov to‘lash lozimligi haqida sms-xabar fuqaroning telefoniga kelib tushadi.
Davlat xizmatlari agentligining ma'lum qilishicha, bu yangilik korrupsiya holatlari oldini oladi va davlat xizmatlari tizimini yanada shaffof bo‘lishini ta'minlaydi.
«Mazkur yangilik ijtimoiy tarmoqlar orqali kelib tushayotgan takliflarga binoan amalga oshirildi. Bundan buyon davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatilgan xizmat uchun qancha to‘lov to‘lash lozimligi hamda to‘langan pul haqida sms-xabar fuqaroning telefoniga kelib tushadi.
Sms-xabarlar 2 tilda: ixtiyoringizga ko‘ra o‘zbek yoki rus tillarida keladi. Xabarda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan to‘lovning invoys raqami va belgilangan miqdori ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Mazkur qulaylik, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsiya holatlari oldini oladi va davlat xizmatlari tizimini yanada shaffof bo‘lishini ta'minlaydi», deya agentlik direktori o‘rinbosari No‘'mon Muhammadiyevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Qayd etilishicha, ayni paytda davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatilayotgan aksariyat xizmatlar foydalanuvchilari ushbu yangilikdan foydalanishlari mumkin. Agentlik axborot xizmatining xabariga ko‘ra, tez orada sms-xabarnoma funksiyasi FHDYo va tadbirkorlik bilan bog‘liq xizmatlar uchun ham joriy etilishi kutilmoqda.
DXA davlat xizmatlari markazlarida ko‘rsatiladigan xizmat uchun to‘lovlarni mamlakatimizda mavjud barcha elektron to‘lov tizimlari – Click, Payme, Upay, Paynet, Uzcard, Oson, Websum, banklar mobil to‘lov ilovalari orqali amalga oshirish mumkinligini ma'lum qilmoqda.
Mavzuga oid
14:16 / 18.12.2025
“Biznesni 15 daqiqada boshlash”: davlat xizmatlari kompleks tarzda taqdim etiladi
14:40 / 17.12.2025
Retseptli dorilarni onlayn aniqlash xizmati ishga tushdi
11:14 / 15.12.2025
Tadbirkorlarga 1000 dan ortiq xizmat “yagona darcha” asosida ko‘rsatiladi
11:22 / 11.12.2025