Haydovçilik guvohnomalari soxtalaştirilgani holati yuzasidan Davlat xizmatlari markazi xodimlari va boşqalarga nisbatan tegişli moddalar bilan qözğatilgan jinoyat işi böyiça Boş prokuraturada tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov jarayonida 8 ta viloyatda — Toşkent şahri, Surxondaryo, Samarqand, Sirdaryo, Namangan, Navoiy, Andijon va Qaşqadaryo hududlarida 1 200 nafardan ortiq fuqarolarga soxta haydovçilik guvohnomalari rasmiylaştirib berilganligi aniqlangan.
Tahlillar natijasida, soxta guvohnomalarni olgan fuqarolarning 455 nafari 1 305 marta yöl harakati qoidalarini buzgani ma’lum böldi. Şuningdek, 9 nafar şaxs yöl-transport hodisasi sodir etgan bölib, oqibatda 6 nafar fuqaro tan jarohati olgan, 3 nafari vafot etgan.
Jinoyat işining keng hajmliligi va murakkabligidan kelib çiqib, Boş prokuraturada maxsus tergov-tezkor guruhi tuzilgan. Hozirda soxta guvohnomalar hamda ularni rasmiylaştirişga asos bölgan barça hujjatlar töliq tekşirilib, tergov harakatlari rejalaştirilgan tartibda davom etmoqda.
Fuqarolarga ma’lum qilinişiça, haydovçilik guvohnomasini faqat qonunçilikda belgilangan tartibda oliş lozim. Soxta hujjatlardan foydalaniş qonun bilan taqiqlangan bölib, belgilangan tartibda javobgarlikka sabab böladi.











