Jahon | 11:19 / 09.10.2018
5306
2 daqiqa o‘qiladi

Latviya Rossiyani kiberhujumlarda aybladi

Foto: Sputnik

Latviya Konstitutsiyani himoya qilish bo‘yicha byurosi Rossiyani mudofaa va tashqi aloqalar sohasidagi davlat institutlariga kiberhujumlar qilishda aybladi, deya xabar beradi Reuters.

«Latviyada kiberhujumlar GRU tomonidan josuslik maqsadida amalga oshirilgan. Eng ko‘p kuzatilgan hujumlar davlat institutlariga, jumladan, mudofaa va tashqi aloqalar sohalariga qarshi qaratilgandi», - deya ma'lum qilishdi idora vakillari.

Shuningdek, ular Rossiya harbiy razvedka xizmatini ma'lumotlarga fishing hujumlardan foydalangan holda kirishga urinishda aybladilar. Shu bilan birga, Latviyadan ma'lum qilishlaricha, yaqinda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari natijalariga ta'sir o‘tkazishga qaratilgan hech qanday hujumlar qayd etilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniya GRUni butun dunyo bo‘ylab kiberhujumlarda ayblagandi.

Buyuk Britaniyadagi Kiberxavfsizlik bo‘yicha milliy markaz Rossiya GRUsini biznes, siyosiy institutlar, sport va ommaviy axborot vositalariga qarshi butun dunyo bo‘ylab «tanlovsiz va ahmoqona» kiberhujumlarni tashkillashtirishda aybladi. 

Mavzuga oid