Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Endigina diplom olganlarga qaysi sohalarda yuqori maosh taklif etiladi?
AQShning kollejlar va ish beruvchilar milliy assotsiatsiyasi o‘tkazgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, eng ko‘p oylik oluvchilar –STEM, ya’ni fan, texnologiya, muhandislik va matematika yo‘nalishida ishlovchilar sanaladi. Ularning o‘rtacha yillik ish haqi 69 800 dollardan 76 740 dollargacha deb hisoblangan.
Foto: Getty images
Garchi marketing va biznes kabi boshqa yo‘nalishlar ham yuqori daromad olib kelishi aniqlangan bo‘lsa-da, bu sohalarda odatda yuqori maoshga faqat bir necha yillik tajribadan so‘ng erishiladi.
AQSh kollejlar va ish beruvchilar milliy assotsiatsiyasi (NACE) hisobotida faqat endigina oliy ta’limni tamomlagan mutaxassislarga taklif etiladigan o‘rtacha maoshlar ko‘rib chiqilgan. Unda bonuslar, komissiyalar yoki boshqa qo‘shimcha imtiyozlar hisobga olinmagan.
Quyida NACE va AQSh Mehnat statistikasi byurosi (BLS) ma’lumotlari asosida, bakalavriatni tugatgandan keyin eng yuqori maoshli ishga joylashish mumkin bo‘lgan sohalar sanab o‘tiladi.
- Muhandislik (Engineering): $76 740
Eng yuqori maosh to‘lanadigan mutaxassislik — muhandislik bo‘lib, 2023 yildan beri bu sohada kutilayotgan daromadlar 3,1 foizga oshgan. Muhandislar mahsulotlar, inshootlar va texnologik tizimlarni loyihalash va qurish bilan shug‘ullanadi.
Mehnat statistikasi byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, arxitektura va muhandislik sohalaridagi kasblar uchun 2023 yilda o‘rtacha 91 420 dollar to‘langan.
- Muhandislik bo‘yicha diplomga ega bo‘lganlar orasida eng ko‘p ishga olinadigan kasblar quyidagilar:
- dasturiy ta’minot ishlab chiquvchi (Software developer);
- sanoat muhandisi (Industrial engineer);
- mexanik muhandis (Mechanical engineer);
- fuqarolik muhandisi (Civil engineer);
- arxitektura yoki muhandislik menejeri (Architectural or engineering manager).
- Kompyuter fanlari (Computer Sciences): $74 780
Kompyuter fanlari dasturiy ta’minot (software) va apparat ta’minoti (hardware) bilan ishlashni o‘z ichiga oladi. Bu yo‘nalishda o‘qiyotgan talabalar algoritmlar bilan ishlashni, kompyuter arxitekturasini loyihalashni va murakkab hisoblashlarni o‘rganadi.
Kompyuter va axborot tadqiqotchilari 2023 yilda o‘rtacha 145 080 dollar yillik maosh olgan. Bu bo‘yicha diplomga ega odamlar uchun eng ko‘p ishga olinadigan lavozimlar:
- axborot xavfsizligi tahlilchisi (Information security analyst);
- dasturiy ta’minot ishlab chiquvchi (Software developer);
- kompyuter va axborot tizimlari menejeri (Computer and information systems manager);
- boshqa kompyuter sohasi mutaxassislari (Other computer occupations);
- kompyuter tizimlari tahlilchisi (Computer systems analyst).
3. Matematika va ilm-fan (Math and Sciences): $71 080
Matematika yoki tabiiy fanlar yo‘nalishida bakalavr darajasini olganlar turli kasblarda, masalan: aktuariy (risklarni baholovchi sug‘urta mutaxassisi), ma’lumotlar bilan ishlovchi (data scientist) va operatsion tadqiqotlar tahlilchisi bo‘lib ishlashi mumkin. 2023 yilgi hisobotga ko‘ra, matematika sohasidagi kasblarning yillik o‘rtacha ish haqi 101 460 dollar bo‘lgan.
Bakalavr darajasiga ega bo‘lganlar eng ko‘p quyidagi lavozimlarda ishlaydi:
- ma’lumotlar bilan ishlovchi (Data scientist);
- dasturiy ta’minot ishlab chiquvchi (Software developer);
- aktuariy (Actuary);
- kompyuter va axborot tizimlari menejeri (Computer and information systems manager);
- kompyuter tizimlari tahlilchisi (Computer systems analyst).
4. Ijtimoiy fanlar (Social Sciences): $69 800
Ijtimoiy fanlar yo‘nalishida antropologiya, tarix, sotsiologiya yoki boshqa tadqiqotga asoslangan sohalar mavjud. Shuningdek, bu yo‘nalish huquq, biznes, siyosat, ijtimoiy xizmatlar, ruhiy salomatlik va notijorat sektorlaridagi kasblarga ham olib borishi mumkin.
2023 yilda hayotiy, jismoniy va ijtimoiy fanlar bo‘yicha ishlaydigan mutaxassislar yillik o‘rtacha 78 280 dollar maosh olgan.
Bu sohada bakalavr diplomiga ega bo‘lganlar uchun eng yuqori maosh quyidagi lavozimlarda taklif etiladi:
- moliya menejeri (Financial manager);
- boshqaruv tahlilchisi (Management analyst);
- huquqshunos (Lawer);
- buxgalter yoki auditor (Accountant or auditor);
- professor (Professor).
- Gumanitar fanlar: $68 230
Gumanitar yo‘nalishda tahsil olganlar madaniy kompetensiya, ijodkorlik, muloqot va tanqidiy fikrlash talab qilinadigan kasblarda ishlashlari mumkin. Unga til va adabiyot, tasviriy va ijro san’ati, falsafa, din va madaniyatshunoslik kiradi. Bu yo‘nalishdagi diplomlar “liberal ars” deb ham ataladi.
Jurnalistlar, grafik dizaynerlar, o‘qituvchilar va kutubxonachilar shu yo‘nalish vakillaridir. Lekin eng yuqori maoshlar quyidagi lavozimlarda kuzatiladi:
- huquqshunos (Lawer);
- kadrlar bo‘yicha mutaxassis (Human resources specialist);
- hamshira (Registered nurse);
- professor (Professor);
- menejer (Manager)
Yana bir bor eslatib o‘tamiz, bu ro‘yxatda jarroh yoki boshqa yuqori maoshli kasblar yo‘qligining sababi – ularda yuqori maoshga erishish uchun uzoq yil ter to‘kish kerak bo‘ladi. Mazkur ro‘yxat esa diplom olishi bilanoq maksimal yuqori maosh qaysi lavozimlarda taklif etilishi haqida ma’lumot beradi.
Mavzuga oid
17:59 / 15.11.2025
Xorijda olingan diplomlarni tan olish bo‘yicha yangi qonun imzolandi
21:29 / 07.08.2025
“Oyligim oshmayapti” - xodim va ish beruvchi orasidagi doimiy muammo
13:42 / 19.07.2025
Yil boshidan beri 10 mingdan ortiq xodimning 130 mlrd so‘mga yaqin puli undirib berildi
21:06 / 04.04.2025