Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xivada «Lazgi» xalqaro raqs festivali boshlandi
Xorazm viloyatining Xiva shahrida «Lazgi» xalqaro raqs festivali boshlandi.
Foto: Turizm va madaniy meros vazirligi
Tadbir UNESCO, Turizm va madaniy meros vazirligi, Madaniyat vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etildi. Unda 30 dan ortiq davlatdan mehmonlar, raqs ansambllari ishtirok etadi.
«Lazgi» Xorazmning qadimiy raqsi bo‘lib, O‘zbekiston madaniy merosining elementi sifatida insoniyatning nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan. Bu haqdagi qaror 2019 yil 12 dekabr kuni UNESCO Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitasi sessiyasida qabul qilingan edi.
Festival 30 aprelgacha davom etadi. Uning doirasida raqs san’atiga bag‘ishlangan ko‘rgazma pavilonlari, milliy cholg‘u asboblari va liboslari, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy san’at asarlari, haykaltaroshlik namunalari, badiiy va hujjatli filmlar, audio va video disklar, kitoblar, albomlar, fotosuratlar namoyishi hamda «Ichon qal’a» majmuasi hududida ularning savdosi tashkil etiladi.
Mavzuga oid
18:57 / 25.01.2026
Urganch–Xiva yo‘nalishida pulli avtomobil yo‘li quriladi
08:41 / 24.12.2025
Xivada IIB xodimi pora olayotganda ashyoviy dalillar bilan ushlandi
21:05 / 21.11.2025
Turizm qo‘mitasi tashkil etildi
22:01 / 22.10.2025