Xorazm viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmatining katta tezkor vakili Xiva şahri hududida qişloq xöjaligi mahsulotlari ekiş uçun ajratilgan 12 sotix yer maydonida uy-joy quriş böyiça ruxsat olib berişni va’da qilganlikda gumonlanmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga köra, u hokimiyat idoralarida işlovçi mansabdor tanişlari orqali mazkur masalada “ruxsat”ni hal qilib berişini aytib, buning evaziga fuqarodan 30 ming AQŞ dollari olgan.
Mazkur mablağni oliş jarayonida Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti hamda Içki işlar vazirligining Şaxsiy xavfsizlik boş boşqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan. Natijada gumonlanuvçi şaxs aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi hamda 28, 211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Şuningdek, tergov organi qaroriga köra, gumonlanuvçiga nisbatan “qamoq” ehtiyot çorasi qöllangan.
Şu kabi yer munosabatlari bilan boğliq yana bir holat Farğona viloyatida ham qayd etilgan. U yerda ikki şaxs imtiyozli şartlarda ajratilgan jami 3 gektar yer maydonini “tanişlar orqali” xaridor nomiga rasmiylaştirib berişni va’da qilib, pul talab qilgan vaqtda qölga olingan. Uşbu holat böyiça ham jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari davom etmoqda.












