Xorazm viloyatida transport infratuzilmasini tubdan yaxşilaş maqsadida Urganç–Xiva yönalişida yangi pulli avtomobil yöli qurilişi rejalaştirilmoqda.
Qayd etilişiça, mazkur loyiha zamonaviy talablarga javob beruvçi, yuqori tezlik va xavfsizlikni ta’minlaydigan yöl infratuzilmasini yaratişga qaratilgan.
Loyiha doirasida umumiy uzunligi 32 kilometr bölgan yangi avtomobil yöli barpo etiladi. Uşbu yöl mavjud yönalişlarga muqobil bölib, transport qatnovini sezilarli darajada yengillaştiradi, safar vaqtini qisqartiradi va harakat xavfsizligini oşiradi. Yöl töliq foydalanişga topşirilgaç, undan foydalaniş pulli asosda amalga oşiriladi.
Yangi avtomobil yöli işga tuşirilişi natijasida Urganç va Xiva şaharlari örtasidagi qatnov sifati yaxşilanadi, yuk va yölovçi taşiş jarayonlari tezlaşadi.












