Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yandeks. Taksi» O‘zbekistonda ish boshladi
Foto: UzDaily
Rossiyadagi eng yirik taksi xizmatlaridan biri «Yandeks. Taksi» O‘zbekistonda ish boshladi.
O‘zbekistonlik foydalanuvchilar App Store va Google Play’dan «Yandeks. Taksi» ilovasini yuklab olishlari hamda o‘z profillarini tashkil qilishlari mumkin. Ayni damda servisdan Toshkentda foydalanish imkoni bor.
Tizimda hozir 10ta hamkor-taksoparkdan bo‘lgan 200dan ortiq avtomobillar bor. Kutilishicha, yaqin vaqt ichida mashinalar soni ortadi.
«Yandeks. Taksi» servisi O‘zbekistondan bo‘lgan foydalanuvchilarga «Ekonom» tarifini taklif etmoqda. Safar uchun minimal narx 3 kilometrga 2 ming so‘mga teng. Keyinchalik har bir kilometr uchun 1 ming so‘m olinadi. Shu bilan birga, shahar tashqarisidagi harakatlanish bir kilometrga 1,5 ming so‘mni tashkil qiladi.
Foydalanuvchilar hozircha plastik kartani servisga bog‘lash imkoniga ega emaslar, biroq ular bonuslar olishi mumkin. Servis vakillarining bildirishicha, yaqin vaqt ichida to‘lovni plastik kartalar va to‘lov tizimidan foydalangan holda amalga oshirish imkoni paydo bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:51 / 22.01.2026
Eng og‘ir yuk mashinalari va yuridik shaxslarga tegishli taksilar uchun yangi avtoraqamlar joriy etiladi
10:51 / 21.01.2026
Yo‘nalishsiz taksilar uchun yagona belgilar va “taksi pasporti” joriy etilishi mumkin
18:12 / 01.01.2026
Taksichilarning soliq to‘lashi borasida izoh berildi
10:53 / 30.12.2025