Toshkentda «Diplomat university» nomli xususiy universitet ochiladi
Oliy o‘quv yurtida iqtisodiyot, axborot texnologiyalari, huquqshunoslik, xalqaro munosabatlar yo‘nalishlarida ta'lim beriladi.

Foto: DPA
Hukumatning «Diplomat university» nodavlat oliy ta'lim tashkiloti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Hujjatda «Diplomat university» oliy o‘quv yurtini tashkil etish belgilanmoqda.
Qaror loyihasiga ko‘ra, universitet ta'lim dasturi O‘zbekiston va dunyodagi yetakchi xorijiy oliy o‘quv yurtlari ta'lim dasturlari bilan hamohang tarzda ishlab chiqiladi. O‘quv jarayoniga chet el yetakchi universitetlarining professor-o‘qituvchilari, olimlar va mutaxassislar jalb etiladi. Universitet o‘qituvchilari malaka oshirish va qayta tayyorlash uchun nufuzli xorijiy oliy o‘quv yurtlari va ilmiy muassasalariga amaliyotga jo‘natiladi.
Belgilanishicha, «Diplomat university»ga «The times higher education» TOP-1000 reytingiga kiritilgan chet el universitetlarining O‘zbekistondagi filialini ochish huquqi beriladi.
Universitetda o‘qitish o‘zbek, rus hamda ingliz tillarida ta'limning kunduzgi, masofaviy (onlayn) va kechki shakllarida, kredit tizimiga asoslangan holda amalga oshiriladi.
Qaror loyihasiga muvofiq, universitetda:
- iqtisodiyot, axborot texnologiyalari, huquqshunoslik, xalqaro munosabatlar yo‘nalishlarida ta'lim berilishi;
- bitiruvchilariga respublikada oliy ma'lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e'tirof etiladigan diplom berilishi;
- o‘quv dasturining ma'lum talablari va shartlarini bajargan talaba universitetni tugatgach, ikkita mutaxassislik (double major) yoki asosiy va turdosh mutaxassislik (major+minor) bo‘yicha diplom olishi mumkinligi tasdiqlanyapti.
Qarorga binoan, universitet Toshkent shahrida faoliyat yuritadi. 2022 yil 1 avgustga qadar barcha turdagi soliqlarni to‘lashdan ozod qilinadi.
Avvalroq, poytaxtda Toshkent amaliy fanlar universitetini tashkil etish bo‘yicha qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgani, shaharda nodavlat Yaponiya raqamli universiteti tashkil etilgani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ozarboyjon Rossiyani ikki ozarboyjonlikni o‘ldirganlikda aybladi va tergov talab qildi
Jahon | 23:45 / 28.06.2025
-
Toshkentning Sergeli tumanidagi to‘yxonada yong‘in chiqdi
Jamiyat | 23:10 / 28.06.2025
-
Isroil Eronni jilovlash bo‘yicha yanada keskin siyosat boshlanganini e’lon qildi
Jahon | 23:02 / 28.06.2025
-
Rossiya bosqiniga 160 yil, pensiya yoshini oshirish taklifi va administratsiyada o‘zgarishlar - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 23:00 / 28.06.2025
Mavzuga oid

11:20 / 21.06.2025
AQShda universitetlarga tadqiqot uchun to‘lovlar kamaytirilishi bloklandi

10:55 / 20.06.2025
7 ta OTM dunyoning eng yaxshi universitetlari ro‘yxatidan o‘rin oldi

09:56 / 18.05.2025
O‘zbekistonda OTM talabalari uchun yagona forma joriy qilinishi haqidagi xabarlar rad etildi

11:48 / 02.05.2025