Vazirlar Mahkamasining “Toşkent amaliy fanlar universitetini taşkil etiş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi hamda “University of Tashkent for Applied Sciences” mas'uliyati çeklangan jamiyatining (muassis) nodavlat ta'lim xizmatlarini körsatuvçi Toşkent amaliy fanlar universitetini taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berilişi mumkin.
Quyidagilar universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yönalişlari etib belgilanadi:
- Universitetda Özbekiston oliy ta'lim dasturlari bilan birga dunyoning nufuzli xorijiy oliy ta'lim muassasalari, jumladan “QS World University Rankings” va “The Times Higher Education World University Rankings” reytingida 1000talikka kiruvçi Grinviç universiteti, Markaziy Lankaşir universiteti (Buyuk Britaniya) hamda boşqa yetakçi xorijiy oliy ta'lim muassasalari ta'lim dasturlarini joriy etiş, ularning malakali professor-öqituvçilari, olim va mutaxassislarini öquv jarayoniga jalb qiliş;
- respublika iqtisodiyoti real sektorlari tarmoqlariga zarur bölgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaş, şu jumladan oliy ta'lim, oliy ta'limdan keyingi ta'lim, professional ta'lim, kadrlar malakasini oşiriş va ularni qayta tayyorlaş;
- xorijning ilğor oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik asosida tajriba almaşiş dasturlarini amalga oşiriş;
- öquv rejalariga zamonaviy fanlarni kiritib boriş, innovatsion hamda ilm-fanga asoslangan texnologiyalarni tatbiq qiliş;
- ta'lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, ilm-fan va texnikaning yangi yutuqlarini joriy etiş;
- ta'lim jarayoniga yetakçi xorijiy oliy ta'lim muassasalarining malakali professor-öqituvçilari, olim va mutaxassislarini keng jalb qiliş;
- professor-öqituvçilar malakasini oşiriş va qayta tayyorlaş, şu jumladan ularning stajirovkasini nufuzli xorijiy oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida taşkil etiş;
- biznes axborot tizimlari, axborot xavfsizligi, matematik modellaştiriş va prognozlaş, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari, risk menejment, ekonometrika, biznes boşqaruvi, loyihalar boşqaruvi sohalari böyiça hamda respublika iqtisodiyoti tarmoqlari uçun xalqaro standartlar darajasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaşni ta'minlaş;
- respublika iqtisodiyot tarmoqlariga innovatsiyalarni joriy qiliş, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlaştiriş imkoniyatlarini kengaytiriş, ta'lim oluvçilarning innovatsion ğoyalarini amalga oşiriş uçun investitsiyalarni jalb etiş;












