Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik onkolog Rossiyadagi TOP shifokorlar ro‘yxatiga kirdi
O‘zbekistonlik onkolog jarroh Jasur Madiyorov Moskva viloyatida o‘z mutaxassisligi bo‘yicha bemorlarning bergan ovoziga ko‘ra birinchi o‘rinni egallab, Moskva viloyatining eng yaxshi yosh onkologlari ro‘yxatiga kiritildi. Bu hamyurtimiz uchun ketma-ket ikkinchi mukofot bo‘lib, 2021-yilda ham ushbu mukofot bilan taqdirlangan edi.
“Prodoktorov” mukofoti – Rossiya Federatsiyasidagi shifokorlar va tibbiyot muassasalari uchun eng yirik tibbiy mukofotlardan biri bo‘lib, bir yil ichida bemorlardan maksimal ijobiy xulosalar va sharhlar olingach, ishtirokchilar tanlab olinadi. Bu yil Rossiyaning turli burchaklaridan 720 ming shifokor va 60 ming klinika peshqadamlik uchun da’vogarlik qilishdi. G‘oliblarni aniqlash uchun uch milliondan ortiq sharhlar to‘plandi. Ular asosida har bir mintaqada “xalq reytingi” tuzildi.

Jasur Mohir o‘g‘li Madiyorov Toshkentda shifokorlar oilasida tug‘ilgan. Buvisi qirq besh yil ToshMIda kardiolog bo‘lib ishlagan, otasi yuz jarrohligi bilan shug‘ullangan, onasi tish shifokori. J. Madiyorov Belorusiya davlat tibbiyot universitetida tibbiyot fakultetida tahsil olgan. Universitetni tugatgach, o‘z ishini Moskvada davom ettirgan.
Dastlab Sklifosovskiydagi tez yordam instituti klinik ordinaturasida jarroh bo‘lib ishladi. So‘ng N.N Bloxina nomidagi Rossiya saraton ilmiy markazining internaturasiga o‘qishga kirdi. O‘sha paytda onkologiya markazini boshqargan akademik Mixail Ivanovich Davidov amalga oshirgan operatsiyalarni ko‘rib, onkojarrohlik sirlarini tadqiq eta boshladi.
Uch yildan so‘ng professor Arsen Osmanovich Rasulov rahbarligida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Bugungi kunda Jasur Mohir o‘g‘li Madiyorov laparoskopik operatsiyalarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Shuningdek Lapino saraton markazining onkoproktologiya bo‘limida rektum va yo‘g‘on ichak saratonini davolash ishini tadqiq etmoqda.
Mavzuga oid
10:44 / 27.12.2025
Qirg‘izistonda o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining oyligi 2 baravar oshiriladi
19:31 / 24.12.2025
Onkologiya xizmatlari arzonlashadi: yangi respublika markazida press-tur o‘tkazildi
14:47 / 22.12.2025
Saratonning oldini olish mumkinmi? Mutaxassislar tavsiya qiladigan mahsulotlar
16:00 / 16.12.2025