O‘zbekiston | 16:05 / 31.01.2024
2613
2 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekiston tarixi ensiklopediyasi” yaratiladi

2025 yilgacha “O‘zbekiston tarixi ensiklopediyasi”ni tuzish belgilanyapti.

2024 yilgi davlat dasturi loyihasida ko‘rsatilishicha, 2025 yilgacha ko‘p jildli “O‘zbekiston tarixi ensiklopediyasi” tayyorlanadi. Ensiklopediyani yaratish O‘zFA va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Ensiklopediya O‘zbekiston tarixi haqida ishonchli ma’lumotlar yetkazilishini ta’minlash maqsadida tuziladi. Bu rejani amalga oshirish uchun 3 ming yildan ko‘p bo‘lgan O‘zbekiston tarixini aniq davrlarga bo‘lib, ularning barcha jihatlarini tarixiy dalillar asosida obektiv va tanqidiy o‘rganishni tashkil etish ko‘rsatilgan. Shuningdek, rejaga ko‘ra mavzu yo‘nalishlarini chuqur ilmiy o‘rganish uchun har yili 10 tagacha davlat maqsadli grantlarini ajratish reja qilinyapti.

Ma’lumot uchun, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 2024 yilga mo‘ljallangan rejasi bilan bu yerda to‘liq tanishish mumkin. Loyiha regulation.uz normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylangan. Muhokama 14 fevralgacha davom etadi.

Mavzuga oid