Alp Er Tönga nomi turk xalqlari davlatçiligi boşlaniş nuqtasi va yölboşçisi sifatida qator tarixiy manbalarda, adabiyotlarda keltirilgan. Manbalarda, Alp Er Tönga miloddan avvalgi VII asrda turklarni birlaştirib, hozirgi Markaziy Osiyo, Eron va Ozarboyjon hududlarida Turon davlatiga asos solgani yozilgan.
Turkiyalik tarixçi olim, professor Nejati Demir Buxorodan Alp Er Tönga qabrini topgani haqida 2021 yilning 1 oktyabrida özining Twitter'dagi sahifasida e’lon qilgandi.
Öşanda turk xalqlari bu yangilikni iliq kutib olgandi. Nejati Demir Turkiyaning TRT 1 telekanaliga 2021 yil dekabrda bergan intervyusida ham qabrning aniq joyini bir qança izlanişlaridan keyin topganini, bu turk dunyosi uçun katta yangilik bölişini ma’lum qilib, mavzuga oid barça qöşimça ma’lumotlarni 3 oydan keyin e’lon qilişini aytgan.
Biroq ma’lum bölişiça, Alp Er Tönga (Afrosiyob) qabrining joyi özbek tarixçilari tomonidan turk tarixçisidan ança oldin aniqlangan. Faqat OAVda keng e’lon qilinmagani uçun bu ma’lumotdan köpçilik xabardor bölmagan.
ÖzFA professori Qahramon Rajabovning 2014 yilda naşr etilgan “Alp Er Tönga” kitobida yozilişiça, taxminan miloddan avvalgi 630 yilda Turon va Eron örtasida qarama-qarşiliklar avj olgan. Siyovuşning öğli Kayxusrav Turonga bostirib kirgan va Afrosiyob bilan jang qilgan. Janglarda Afrosiyobning qöli baland kelgandan keyin Kayxusrav hiyla işlatib, ziyofat paytida Afrosiyobni zaharlab öldirtirgan.
“Narşaxiy öz asarida bu voqealarni quyidagiça tasvirlaydi. Siyovuşning Kayxusrav nomli öğli bölib, u otasining qonini talab qilib, köp laşkar bilan bu viloyatga kelganida Afrosiyob şu Romtin (hozirgi Romitan) qişloğini hisor qilib turgan… Kayxusrav 2 yildan keyin Afrosiyobni tutib öldirdi. Afrosiyobning göri Buxorodagi Ma’bad darvozasida, rahmatli Xoja imom Abu Hafs Kabir tepaligiga tutaşgan katta tepalik ustidadir”, – deyilgan “Alp Er Tönga” kitobida.
Qahramon Rajabovga köra, bu tepalik hozirgi Buxoro şahridagi Hazrati Imom qabristoni örniga töğri keladi. Agar qabr topilsa, turkiy xalqlar davlatçiligiga 4 ming yildan ziyod bölgani isbotlanadi.
























