Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ish o‘rinlariga pasport rasmiylashtiriladi
Foto: 123RF
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining buyrug‘i bilan Nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatidan foydalanuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda nogironligi bo‘lgan shaxslar band bo‘lgan ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish natijalari bo‘yicha sanitariya-texnik holatni pasportlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Norma.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar band bo‘lgan ish o‘rinlarini attestatsiyadan o‘tkazish Ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, nogironligi bo‘lgan shaxslar band bo‘lgan ish o‘rinlarini attestatsiyadan o‘tkazish doirasida:
• nogironligi bo‘lgan shaxslarning ishlashi uchun maxsus moslamalar mavjudligi, ishlab chiqarish xonalari nogironlik aravachalaridan foydalanuvchi shaxslar, ko‘rish qobiliyati xiralashgan va eshitish qobiliyati buzilgan shaxslar uchun tegishli qurilmalar bilan jihozlanganligi, shuningdek ish mebelining antropometrik talablarga muvofiqligi baholanadi;
• attestatsiya komissiyasi har bir ana shunday xodimga guruhlar va nogironlik sabablari bo‘yicha belgilangan tartibda (tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi tomonidan) berilgan hujjatlar va ma'lumotnomalarni tayyorlashi shart.
Uning natijalari bo‘yicha tashkilotning attestatsiya komissiyasi tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadigan pasportni tuzadi. U titul varaq, 4 ta jadval va bitta ma'lumotlar shaklidan iborat bo‘lib, ular quyidagilar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi:
• tashkilotning nomi va manzili, idoraviy mansubligini ko‘rsatgan holda (titul varaq);
• tashkilot xodimlari, shu jumladan ayollar va barcha guruhdagi nogironlar;
• nogironligi bo‘lgan shaxslarning ehtiyojlari uchun moslashtirilgan sanitariya-gigiyena, yordamchi xonalar va jihozlar, shuningdek ular uchun yaratilgan qulayliklar;
• nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatidan foydalaniladigan bo‘linmalar (sexlar), ixtisoslashtirilgan joylar soni va mehnat sharoitlarini ko‘rsatgan holda.
Pasportga ish joyining mehnat sharoitlari xaritasi – ish o‘rnida mehnatning amaldagi sharoitlari, belgilangan kafolatlar va preferensiyalar to‘g‘risidagi ma'lumotlar, shuningdek ushbu ish o‘rnida mehnat sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar mavjud bo‘lgan hujjat ilova qilinadi.
Hujjat 17.03.2018 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
19:55 / 11.03.2026
Nogironlar uchun onlayn platforma tenderida shubhali holatlar aniqlandi
20:20 / 03.03.2026
Sovg‘a deb berishdi, keyin “to‘la” deyishdi - Qumqo‘rg‘ondagi tanish muammo
18:37 / 25.12.2025
Ko‘p funksional inklyuziv-resurs maktabi tashkil etiladi
20:35 / 17.12.2025