Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Butun dunyo bo‘ylab minglab odamlar boshpanasizlarni qo‘llab-quvvatlab tunni ko‘chada o‘tkazishdi
Foto: Alamy
8 dekabrga o‘tar kechasi butun dunyo bo‘ylab minglab odamlar The World's Big Sleep Out tadbiri doirasida tunni ko‘chada o‘tkazishdi.
Ular o‘z oldilariga shu tariqa boshpanasizlarga yordam uchun mablag‘ yig‘ishni maqsad qilishgan. Bu haqda “Bi-bi-si” telekanali xabar berdi.
Tadbir tashkilotchilarining baholashicha, aksiyada 50 mingga yaqin odam ishtirok etishi kerak edi. Britaniyada London, Edinburg va Kardiffda odamlar tunni ko‘chada o‘tkazishgan. Shuningdek, bunday tadbirlarni Nyu-York (AQSh), Brisben (Avstraliya), Dublin (Irlandiya) va boshqa shaharlarda o‘tkazish rejalashtirilgandi.
Faollar tadbir orqali boshpanasizlar uchun 38 mln funt sterlingga (50 mln dollar) yaqin mablag‘ yig‘ishni maqsad qilishgan.
World's Big Sleep Out aksiyasi asoschisi Josh Littljon hisoblanadi. Tashkilot saytida ta'kidlanishicha, aksiyadan maqsad nafaqat mablag‘ yig‘ish, balki siyosiy yetakchilarning boshpanasizlar va qochqinlar muammosiga e'tiborini jalb qilishdan iborat.
Mavzuga oid
15:32 / 24.12.2025
«Treyderlik katta soha, nojoiz instrumentlar ham bor»: aksiyalar bozori haqida ekspert bilan suhbat
09:46 / 31.10.2025
«Izoh qoldiring, yutasiz» - kiberfiribgarlikning yangi sxemasi
20:29 / 29.10.2025
Nvidia kompaniyasi dunyoda birinchi bo‘lib $5 trln kapitalizatsiyaga erishdi
11:45 / 25.08.2025