10:04 / 08.02.2019
34107

Tailandda o‘zbekistonlik ikki ayol hibsga olindi. Ular o‘g‘irlikda ayblanmoqda

Foto: The Nation

Tailand politsiyasi pokistonlik erkakning 21 ming bat (670 dollar) puli, smartfon va bank kartasini o‘g‘irlab ketgan o‘zbekistonlik ikki nafar ayolni hibsga oldi. Bu haqda The Nation nashri xabar tarqatdi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, pokistonlik 35 yoshli Ahmad politsiyaga ariza bergan va ikki ayol o‘zini tunab ketganini xabar qilgan. Uning ta'kidlashicha, mahalliy pabda ikki ayolni uchratgan va ularni mehmonxonadagi o‘z xonasiga taklif qilgan. U uyg‘onganida pullari, smartfoni va bank kartasi ayollar bilan birga g‘oyib bo‘lgan.

Matbuot anjumani davomida Pattayya politsiyasi boshlig‘ining ma'lum qilishicha, 5 fevral kuni huquq-tartibot idoralari xodimlari 29 yoshli Nargiza Ahmedova hamda 43 yoshli Nasiba Siddiqovani qo‘lga olishgan.

Foto: The Nation

Politsiyadan xabar berishlaricha, ayollar tomonidan ijaraga olingan kvartirada o‘tkazilgan tintuv vaqtida politsiyachilar Samsung Galaxy S9 smartfoni va bank kartasini topishgan. Bu narsalar pokistonlikka tegishlidir.

Bundan tashqari, Nasiba Siddiqova muddati o‘tgan vizaga ega bo‘lgan. Ayollarga o‘g‘irlik bo‘yicha ayblov qo‘yildi.

Mavzuga oid
Top