Tailand va Kambodja örtasida bir hafta oldin boşlangan jangovar harakatlar yakşanba kuni, 14 dekabrda ham davom etdi. Tailand Mudofaa vazirligi matbuot kotibining aytişiça, Kambodja qirollikning bir qator çegaradoş viloyatlarini öqqa tutgan va bombardimon qilgan. Öz navbatida, Kambodja Mudofaa vazirligida bildirilişiça, yarim tundan keyin Tailand uşbu davlat hududini minomyot snaryadlari va bombalar bilan öqqa tutgan.
Şu bilan birga, Kambodja bilan çegaradoş Tailandning qator viloyatlarida soat 19:00 dan 05:00 gaça komendantlik soati joriy etildi. Bir kun oldin Kambodja Tailand bilan çegaradan ötiş punktlarini yopgan.
AQŞ prezidenti Donald Tramp 12 dekabr kuni Tailand va Kambodja boş vazirlari — Anutxin Çanvirakun va Xun Manet bilan telefon orqali muzokara ötkazgan. Şundan söng u har ikki mamlakat öşa kunning özi — 12 dekabrdan boşlab barça jang harakatlarini töxtatişga kelişib olganini aytgan.
Biroq suhbat yakunlari böyiça bayonotlarida na Anutxin, na Xun bunday kelişuv haqida tilga olgan. Tailand boş vaziri esa otaşkesim böyiça kelişuv mavjudligini oçiq rad etgan. «Tailand mamlakatimiz va aholimiz uçun tahdid va xavf yöqolganini his qilmagunça, harbiy harakatlarni davom ettiradi», — deb yozgan u Facebook’da.
Kambodja hukumati rahbari özining Facebook’dagi postida Tramp bilan suhbatni eslagan, ammo mamlakati oktyabrda Kuala-Lumpurda imzolangan kelişuv asosida tinç yeçim izlaşda hali ham davom etayotganini bildirgan.
Çegara böyiça bahs bilan boğliq, önlab yillardan beri davom etib kelayotgan Kambodja va Tailand örtasidagi qarama-qarşilikning navbatdagi kuçayişi duşanba kuni, 8 dekabrda boşlandi. Tomonlar çegaraning turli uçastkalarida raketa va artilleriyadan foydalangan holda jang harakatlarini qayta tikladi. Rasmiy ma’lumotlarga köra, 14 dekabr holatiga kelib har ikki tomondan kamida 25 kişi halok bölgan, jumladan 14 nafar tailandlik harbiy va 11 nafar kambodjalik tinç aholi vakili.
Iyul oyidagi avvalgi keskinlaşuvdan keyin — öşanda beş kunlik janglarda 40 nafardan ortiq kişi halok bölgan va taxminan 300 000 nafar tinç aholi öz uyini tark etişga majbur bölgan — AQŞ vositaçiligida otaşkesimga erişilgan edi. Oktyabr oxirida Kambodja va Tailand boş vazirlari deklaratsiya imzolab, unda «keskinlikni pasaytiriş, işonçni tiklaş va özaro manfaatli munosabatlarga kömaklaşiş» majburiyatini olgan.
Biroq noyabr oyida Tailand bu kelişuvni bajarişdan çekingan: Bangkok ma’lumotiga köra, çegaradoş hududda mina portlaşi natijasida ikki nafar tailandlik askar halok bölgan. Şu tariqa Tailand Kambodjani otaşkesim rejimi buzilganida ayblagan.

















