Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda «Ona va bola tibbiyot klasteri» tashkil etiladi
Qashqadaryoda mutlaqo yangi tizim – “Ona va bola tibbiyot klasteri” tashkil etiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.
Foto: KUN.UZ
“Bunda, viloyatdagi bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, perinatal, skrining va reproduktiv salomatlik markazlari hamda tug‘ruq kompleksi birlashtiriladi. Lo‘nda qilib aytganda, qizlarimizni onalikka tayyorlashdan boshlab, bolaning tug‘ilishi va 18 yoshga yetguncha ko‘rsatiladigan barcha tibbiy xizmatlar bir joyda tashkil etiladi. Shu bilan birga, klasterda 200 dan ortiq turdagi murakkab va yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari o‘tkaziladi.
Shahrisabz shahri, Qamashi, Chiroqchi va Kosonda perinatal markazlar tashkil qilinib, “Ona va bola tibbiyot klasteri”, Respublika perinatal va Bolalar milliy markazlari bilan integratsiya qilinadi. Shuningdek, har yili 730 ming nafar bolalar va 90 ming nafar homilador ayollar vitaminlar bilan bepul ta'minlanadi.
Qashqadaryoning olis va chekka hududlarida istiqomat qiladigan 20 ming nafar aholi uchun oilaviy poliklinikalarda kecha-yu kunduz sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Misol uchun, viloyat markazidan 210 kilometr va tuman markazidan 70 kilometr uzoqlikda joylashgan Shahrisabz tumanining “Ko‘l” qishlog‘idagi oilaviy poliklinika yangidan qurilib, bepul statsionar davolanishga sharoitlar yaratiladi.
Bunday olis qishloqlarni malakali shifokorlar bilan ta'minlash, bu yerdagi yoshlarga tibbiyot oliygohlariga kirishlari uchun maqsadli kvotalar ajratiladi. Shuningdek, viloyatda kelgusi ikki yilda, 21 ta mahallada oilaviy poliklinika va shifokorlik punktlari tashkil etiladi.
Qon bosimi va diabet kasalliklarini davolash uchun, aholiga eng zarur dori vositalari bepul yetkaziladi. Buyrak kasalliklarini erta aniqlash maqsadida, barcha birlamchi tibbiyot muassasalari ekspress-test vositalari bilan ta'minlanadi. Onkologik kasalliklarni erta aniqlash uchun 40 yoshdan oshgan 132 ming ayol har yili skrining tekshiruvidan o‘tkaziladi. Shahrisabz, G‘uzor va Kasbida jarohatlar va qon-tomir kasalliklari markazlari tashkil etilib, ularda gemodializ xizmati ham yo‘lga qo‘yiladi”, dedi prezidentlikka nomzod.
Mavzuga oid
19:32 / 18.01.2026
Masdar kompaniyasi Qashqadaryoda quyosh stansiyasi va energiya saqlash tizimi quradi
14:14 / 28.12.2025
Qashqadaryodagi dahshatli avtobus halokati, 26 qurbon va 2 ming so‘m “pora” – sudlangan IIB xodimi 16 yildan so‘ng oqlandi
11:00 / 11.12.2025
Inson organlari savdosi bilan shug‘ullangan uyushgan jinoiy guruhga hukm o‘qildi
15:31 / 29.11.2025