O‘zbekiston | 12:03 / 09.11.2022
4942
2 daqiqa o‘qiladi

Qonun loyihasi: muqaddam sudlangan shaxslar maktablarda rahbar bo‘lib ishlashi taqiqlanadi

“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimcha kiritish bo‘yicha qonun loyihasi e’lon qilindi. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan bu hujjat bilan umumiy o‘rta ta’limda rahbar bo‘lib ishlashni taqiqlovchi bir qancha holatlar kiritilishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, qonun 441 modda bilan to‘ldirilib, quyidagi vaziyatlarda shaxslarning umumiy o‘rta ta’lim tizimida rahbar lavozimiga tayinlanishi taqiqlanishi mumkin:

  • sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan;
  • psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turgan;
  • umumiy o‘rta ta’lim tizimida rahbarlik faoliyatini amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasallikka chalingan;
  • qasddan sodir etgan jinoyati uchun muqaddam sudlangan (sudlanganlik holati tugatilgani, olib tashlanganidan qat’i nazar);
  • jinoyat ishlari aybdorligi to‘g‘risidagi masala hal etilmagan holda tugatilgan jinoyatlarni (qasddan) sodir etgan bo‘lsa, bunday shaxslar maktablarda rahbar bo‘lib ishlolmaydi.

Ma’lumot uchun, 8 noyabrda jamoatchilikka e’lon qilingan ushbu qonun loyihasining muhokamasi 23 noyabrgacha davom etadi. Qonun rasman e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kirishi belgilangan.

Mavzuga oid