Agentlikning ma’lum qilişiça, Özbekiston prezidentining "Respublika va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari hamda xöjalik birlaşmalari faoliyati samaradorligini baholaş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi farmoniga köra, eng muhim samaradorlik körsatkiçlari (KPI), ularga erişiş böyiça "yöl xaritalari" hamda ular tomonidan hududlarda amalga oşiriladigan çora-tadbirlar dasturi hukumat tomonidan tasdiqlanadi.

"Samaradorlik körsatkiçlari bajarilişi töğrisidagi ma’lumot har çorakda samaradorlik.uz elektron platformasiga kiritiladi hamda unda rahbarlar va ularning örinbosarlari faoliyatining samaradorligi reytingi şakllanadi", – deyiladi maqolada.

Har bir samaradorlik körsatkiçiga belgilanadigan salmoq ölçovi yiğindisidan kelib çiqib, samaradorlik körsatkiçlari ular bajarilişi 70 foizdan kam bölganda – "qoniqarsiz", 70 foizdan 85 foizgaça – "qoniqarli", 85 foizdan 100 foizgaça – "yaxşi" hamda 100 foiz va undan yuqori bölganda "a’lo" deb baholanadi.

"Qayd etiş kerakki, çorak yakuni böyiça samaradorlik körsatkiçlariga erişiş natijalari "qoniqarsiz" deb baholangan rahbarlar va ularning örinbosarlariga rağbatlantiriş tölovlari kelgusi 3 oy uçun töxtatiladi va ularga nisbatan intizomiy ta’sir çoralarini qöllaş masalasi körib çiqiladi", – deya ta’kidlagan Asia-Plus.