Özbekistonda pedagogik faoliyat bilan şuğullanişda çeklovlar örnatilmoqda. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan «Pedagogning maqomi töğrisida»gi qonunda belgilab qöyildi.

Qonunning 15-moddasida pedagogik faoliyat bilan şuğullanişga oid çeklovlar keltirilgan.

Unga köra, quyidagi şaxslarning pedagogik faoliyat bilan şuğullanişiga yöl qöyilmaydi:

  • qonuniy kuçga kirgan sud hukmiga muvofiq pedagogik faoliyat bilan şuğullaniş huquqidan mahrum etilgan şaxslar;
  • qonunçilikda belgilangan tartibda sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati çeklangan deb topilgan şaxslar;
  • pedagogik faoliyatni amalga oşirişga tösqinlik qiladigan kasalliklari bölgan şaxslar;
  • psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turgan şaxslar.

Şuningdek, qasddan sodir etilgan jinoyat uçun ilgari sudlangan şaxslarni pedagogik faoliyat bilan boğliq lavozimlarga qabul qiliş man etiladi.

Oldinroq uşbu qonun bilan pedagoglar sudga şikoyat qilganda davlat boji tölamasligi hamda öqituvçilarni obodonlaştiriş va qişloq xöjaligi işlariga jalb qiliş taqiqlanişi xabar qilingandi.