Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Homilador ayollar ikki bosqichdan iborat skrining tekshiruvlaridan o‘tkaziladi
Foto: tasvir.uz
Homilaning sog‘lig‘i va yashab ketishiga imkon bermaydigan tug‘ma nuqsonlar bilan bolalar tug‘ilishini oldini olish tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, deb yozmoqda “Huquqiy axborot” kanali.
Nizomda belgilanganidek, homilador ayollar ikkita bosqichdan iborat bo‘lgan prenatal (tug‘ruqqacha) skrining tekshiruvlaridan o‘tkaziladi. Bundan ko‘zlangan maqsad tug‘ruqqacha skrining tekshiruvlari samaradorligini oshirish hamda homilaning sog‘lig‘i va yashab ketishiga imkon bermaydigan tug‘ma nuqsonlar va irsiy (xromosom) kasalliklar bilan tug‘ilishning oldini olishdan iborat.
Birinchi bosqichdagi tekshiruvlar uch marotabali majburiy ommaviy prenatal ultratovush tekshiruvlarini o‘z ichiga oladi.
Ushbu tekshiruv natijalariga ko‘ra, xavf-xatar guruhiga kirgan homilador ayollar “Ona va bola skrining” markazlarida ikkinchi bosqichdagi tekshiruvlardan o‘tkaziladi.
Homilada tug‘ma rivojlanish nuqsonlari va irsiy kasalliklar mavjud bo‘lganda homilador ayol tibbiy-genetik xulosa bilan tegishli birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari va idoraviy poliklinikaga yuboriladi.
Mazkur holat haqida homilador ayol va uning yaqin qarindoshlariga, jumladan, tug‘ilgandan so‘ng chaqaloq sog‘lig‘i va hayotiga ta'siri, davolash usullari va ular bilan bog‘liq xavf-xatar darajasi, qo‘llash mumkin bo‘lgan tibbiy muolajalar va ularning oqibatlari hamda davolash natijalari to‘g‘risida to‘liq axborot beriladi, homilador ayol va yaqin qarindoshlarining qarori asosida tegishli tartibda chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
08:40 / 10.01.2026
6 ta postda transport tekshiruvi sinov tariqasida chegara qo‘shinlariga berildi
15:30 / 25.12.2025
Markaziy bank moliya tashkilotlarida oldindan ogohlantirmasdan tekshiruv o‘tkazadi
07:51 / 15.07.2025
Markaziy bankning banklarda tekshirish o‘tkazish tartibi o‘zgaradi
06:22 / 21.02.2025