Homiladorlikning dastlabki uç oyi — ham ona, ham tuğilajak farzand salomatligi uçun öta mas’uliyatli davr. Şu sababli uşbu muddatda ayollarning tegişli tibbiy tekşiruvlardan öz vaqtida ötişi ğoyatda muhim. Bu orqali homilada tuğma va irsiy kasalliklar rivojlanişining oldi olinadi.
Xöş, homilador ayollar qanday skrining tekşiruvlaridan ötişi zarur?
Toşkent şahar 4-son tuğuruq kompleksi boş şifokori örinbosari Zarina Egamova şu haqda ma’lumot berdi.
— Prenatal, ya’ni tuğuruqqaça skrining yordamida homilaning soğligini baholaş va genetik kasalliklar rivojlaniş xavfini aniqlaş mumkin, — deydi mutaxassis. — Bundan közlangan asosiy maqsad çaqaloqlarning tuğma nuqsonlar va irsiy (xromosom) xastaliklar bilan tuğilişining oldini olişdan iborat.
Homilador ayollar ikki bosqiçdan iborat bölgan prenatal skrining tekşiruvlaridan ötkaziladi.
Birinçi bosqiçda bölajak onalar ommaviy ultratovuş tekşiruvi bilan qamrab olinadi. Şu asnoda homilasida tuğma nuqsonlar aniqlanganlar “xavf guruhi”ga kiritiladi. Bunday tekşiruvlar uç marta tuman (şahar) markaziy köp tarmoqli poliklinikalarining prenatal skrining xonasida amalga oşiriladi.
Ilk tekşiruv homiladorlikning 10-14 haftasida, ikkinçi marta 16-20 haftasida, uçinçi marta esa 28-32 haftasida tuğma nuqsonlarni aniqlaş va homilaning funksional holatini baholaş uçun ötkaziladi.
Birinçi bosqiç tekşiruvi xulosasiga köra “xavf guruhi”ga kirgan ayollar qanday yöl tutadi?
Ular homiladorlikning 16-20 haftasida Respublika ixtisoslaştirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Ona va bola skrining bölimi hududiy filiallarida ikkinçi bosqiçdagi prenatal tekşiruvlardan ötkaziladi. Bunda ayol uşbu muassasaga poliklinikadan yöllanma hamda avvalgi prenatal ultratovuş tekşiruvlari natijalari aks etgan tibbiy kartasidan köçirmani olib boradi.
Bu yerda ultratovuş, biokimyoviy skrining tekşiruvi va uning natijasiga muvofiq homilaning xromosom sindromlar bilan tuğiliş xavfi yuqori bölganda, invaziv tekşiruv (xorionbiopsiya, plasentosentez, kordotsentez) usullari, keyinçalik esa homila hujayralarining genetik tahlili hamda boşqa köriklar ötkaziladi.
Ikkinçi bosqiçdagi prenatal skrining natijasida bölajak onaga tibbiy-genetik xulosa beriladi.
Homilada tuğma rivojlaniş nuqsonlari va irsiy (xromosom) kasalliklar mavjud bölganda, ayol tibbiy-genetik xulosa bilan tegişli poliklinikaga yuboriladi. Uşbu xulosa körib çiqiş uçun tuman (şahar) köp tarmoqli markaziy poliklinikalarining Tibbiy-maslahat komissiyasiga taqdim etiladi.
Komissiya homilador ayol va uning yaqin qarindoşlariga prenatal skrining tekşiruvlari natijalari, aniqlangan tuğma rivojlaniş nuqsonlari va buning kelgusidagi oqibatlari, davolaş usullari hamda bu bilan boğliq xavf-xatarlar darajasi, qöllaş mumkin bölgan tibbiy muolajalar va ularning samaradorligi haqida töliq axborot beradi.
Şundan keyingina homilador ayol va uning yaqin qarindoşlari özlariga ma’qul qarorni qabul qiladi.
Şu ma’noda, bölajak onalar homiladorlik davrida har bir tekşiruvdan öz vaqtida ötişga jiddiy ahamiyat qaratişi lozim.












