Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IShID jangarilari boshqa mintaqalarga ko‘chmoqda – Shoygu
Foto: RIA Novosti /Vadim Savitskiy
Rossiya Mudofaa vazirligi rahbari Sergey Shoyguning ma'lum qilishicha, IShID jangarilari tor-mor keltirilganidan so‘ng Suriya va Iroqdan Markaziy hamda Janubiy-Sharqiy Osiyoga ko‘chmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.
«IShID tor-mor keltirilganidan so‘ng jangarilar Suriya va Iroqdan boshqa mintaqalar, jumladan Markaziy hamda Janubiy-Sharqiy Osiyoga qarab ko‘chmoqda. U yerda yangi terrorchilik yacheykalari tashkil etilmoqda», - deya aytib o‘tdi Shoygu ShHT davlatlari mudofaa vazirlari uchrashuvida.
Uning ta'kidlashicha, jangarilar ko‘p paytlarda zamonaviy nishonga olish vositalari, jumladan uchuvchisiz uchar qurilmalardan foydalanmoqda.
«Xususan, Suriyada jangarilar tomonidan qo‘llanilayotgan uchuvchisiz uchar qurilmalar 100 kilometrdan ortiq masofada harakatlanishi mumkin. Ularni rivojlangan davlatlar texnik ko‘magisiz yaratish mumkin emas. Aholi zich yashovchi tumanlarda bunday nishonga olish vositalarining qo‘llanilishi falokatli oqibatlarga olib keladi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Shoygu.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron oliy yetakchisi oyatulloh Ali Xomanaiy AQSh prezidenti Donald Trampning Qo‘shma Shtatlar IShID terrorchilik guruhini tor-mor etgani haqidagi so‘zlari yolg‘onligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
22:26 / 15.01.2026
Putin Maduroni ag‘dargan Trampni tanqid qilishga jur’at etolmadi – OAV
19:20 / 15.01.2026
Rossiyada ba’zi migrantlar «qimmatlagani» e’lon qilindi
16:13 / 15.01.2026
Ukraina havo mudofaa tizimi urib tushirayotgan Rossiya raketalari ulushi kamaydi
14:07 / 15.01.2026