Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning 11 oyida shokolad importi hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,7 ming tonnaga yoki 19,9 foizga kamaygan.
Statistikaga ko‘ra, O‘zbekistonga shokolad mahsulotlarini eng ko‘p yetkazib bergan davlatlar quyidagicha:
- Rossiya — 14 ming tonna;
- Niderlandiya — 1,4 ming tonna;
- Ukraina — 839,1 tonna;
- Qozog‘iston — 583,5 tonna;
- Turkmaniston — 463,1 tonna;
- Fransiya — 399,2 tonna;
- boshqa davlatlar — 1,4 ming tonna.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyadan keltirilgan mahsulotlar umumiy import hajmining taxminan 73,3 foizini tashkil etgan (14 ming tonna/19,1 ming tonna). Shuningdek, umumiy qiymatdan kelib chiqib hisoblanganda, 2025 yil 11 oyida import qilingan shokoladning o‘rtacha narxi taxminan 1 tonnasiga 3 466 dollar atrofida bo‘lgan (66,2 mln dollar/19,1 ming tonna).
Import hajmi pasayishiga qaramay, yetkazib beruvchilar geografiyasi kengligicha qolgani (32 davlat) bozorda diversifikatsiya saqlanayotganidan dalolat berishi mumkin.









