O‘zbekiston | 07:35 / 11.11.2023
7985
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent-Markaziy, Samarqand va Qo‘qon temiryo‘l vokzallari tadbirkorlarga ijaraga beriladi

Toshkent-Markaziy, Samarqand va Qo‘qon temiryo‘l vokzallari va ulardagi bo‘sh joylar davlat-xususiy sherikchilik asosida tadbirkorlarga beriladi. 

Foto: Denis Mironov

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabariga ko‘ra, temiryo‘l sohasida biznes jarayonlarini raqamlashtirish, boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish hamda respublikaning tranzit salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida 10 oktyabr kuni prezidentining “O‘zbekiston temiryo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.

Noyabr oyidan boshlab, “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ tomonidan Toshkent-Markaziy, Samarqand va Qo‘qon temiryo‘l vokzallari, ularda joylashgan bo‘sh hududlarni tadbirkorlarga davlat-xususiy sherikchilik hamda shartnoma asosida ijaraga beriladi. Tadbirkorlar vokzallar va bo‘sh joylarni ijaraga olishlari va ularda bizneslarini rivojlantirishlari uchun imkoniyati yaratildi.

Toshkent-Markaziy temiryo‘l vokzalida tadbirkorlar uchun 4 ming kvadrat kilometr joy bo‘lib, xususiy sherikchilik hamda ijaraga berilmoqda. Bu yerda tadbirkor ofis uchun joy, mehmonxona, do‘kon, xizmat ko‘rsatish shoxobchalari hamda savdo markazlari tashkil qilishi mumkin.

Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan, temiryo‘l vokzallaridagi bo‘sh hududlarni ijaraga olmoqchi bo‘lgan tadbirkorning taklifi o‘rganilib, tanlangan joy E-auksion platformasi orqali ijaraga beriladi.

Mavzuga oid