“Özbekiston temir yöllari”ga qaraşli vokzallar, stansiyalar, raz’yezdlar nomlari davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqlaştirilmoqda. Bu haqda 17 oktyabr kuni Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.

Hujjatga köra, Transport vazirligi va “Özbekiston temir yöllari” 3 oy muddatda temir yöl vokzallari, temir yöl stansiyalari va temir yöl raz’yezdlarida örnatilgan peşlavhalar va axborot körsatkiçlaridagi yozuvlarning davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiq lotin yozuviga asoslangan özbek yozuvida yozilişini ta’minlaşi lozim.

Nomlarning davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqlaştirilişi munosabati bilan tegişli hujjatlar hamda ma’lumotlar bazalariga özgartirişlar kiritiladi.

Nomi davlat tili qoidalariga moslaştiriladigan obektlar röyxatiga Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridagi jami 320 ta vokzal, stansiya va raz’yezdlar kiritilgan.

Röyxat: