Özbekiston temiryöl vokzallari nihoyat 14 yildan söng temir panjaralardan xalos böldi. Vaqtida xavfsizlik niqobi ostida örnatilgan bu tösiqlar faqat temir emas, balki fuqarolar bilan davlat orasidagi psixologik devorga ham aylangandi.

Oçiq vokzallar – 2025 yilda
2025 yil 27 may kuni ötkazilgan yiğilişda prezident topşiriğiga binoan barça temiryöl vokzallari atrofidagi temir panjaralarni olib taşlaş haqida qaror qabul qilindi. 12 kun içida 23 ta vokzaldagi, umumiy hisobda 200–350 metrlik tösiqlar olib taşlandi.

Hozirda obodonlaştiriş işlari boşlangan, avtotransport vositalarining vokzalga kirib-çiqişi uçun şaroitlar yaratilyapti. Bu, şubhasiz, ijobiy yangilik. Ammo...
Nega bu qadar keç?
Panjaralar 2011 yilda xavfsizlikni ta’minlaş maqsadida örnatilgan edi. Biroq ortidan ötgan 14 yil mobaynida bu tösiqlar xavf-xatarni bartaraf etişda samarasiz bölib qoldi va aksinça, köpçilik uçun vokzalni “faqat çiptasi borlar uçun” deb çeklangan hududga aylantirdi.

Yaqinlarini kuzatmoqçi yoki kutib olmoqçi bölgan fuqarolar uçun vokzal — panjara ortidagi yopiq, kiriş qiyin bölgan joyga aylandi. Bu ayniqsa yoşi uluğ insonlar, bolali ayollar va yölni topolmay sarson bölganlar uçun katta noqulayliklar tuğdirdi.

Paradoks şundaki – heç bir rivojlangan mamlakatda vokzallar atrofi panjara bilan öralmaydi. Bugun Rossiya, Turkiya, Germaniya, Yaponiya yoki hatto qöşni Qozoğiston vokzallarida bunday tösiqlar yöq. Aksinça, vokzallar – şaharning markaziy nuqtasi, oçiq va erkin harakat hududidir. Kun.uz avvalroq bu haqida suriştiruv e’lon qilgan edi.











